Stanislav Antonovich Ivanovskiy (1893-yil 28-noyabr, Vitebsk viloyati, Drissenskiy tumani, Kevral qishlogʻi – 1975-yil 31-yanvar, Toshkent) – sovet harbiy rahbari, general-mayor (1940-yil 4-iyun).
Tarjimai holi Stanislav Antonovich Ivanovskiy 1893-yil 28-noyabrda Vitebsk viloyati, Drissenskiy tumani, Kevrali qishlogʻida tavallud topgan.
1907-yilning kuzidan 2-Riga stansiyasi deposida mexanik, yoʻl taʼmirlash boʻyicha ishchi, qozonxonachi, oʻt oʻchiruvchi va haydovchi yordamchisi boʻlib ishlagan .
Harbiy xizmati Stanislav 1914-yil oktyabr oyida Rossiya imperatorlik armiyasi safiga chaqirildi va Kanskda (Yenisey viloyati) joylashgan 16-Sibir zaxira miltiq batalyoniga yuborildi. Oʻquv guruhini tugatgandan soʻng, oʻsha yilning dekabr oyida Sibir 32-piyoda polkida xizmat qildi. Ivanovskiy Gʻarbiy frontdagi jangovar harakatlarda qatnashgan va qahramonligi uchun katta unter-ofitser unvoniga sazovor boʻlgan. 1915-yil may oyida Grodno qal’asida ogʻir jarohat olganidan soʻng, qoʻlga olindi. U Bütow va Gdańsk lagerlarida saqlangan. 1916-yil avgustda qochishga muvaffaq boʻldi, lekin Kaunas hududida hibsga olindi, va yana lagerga qaytarildi.
Urushdan keyingi karyerasi Ivanovskiy 1945-yil may oyida tuzalib ketganidan soʻng, 159-chi hududga (Lvov harbiy okrugi) komendant lavozimiga, 1946-yil may oyida Drogobichskiy oʻqituvchilar institutining harbiy kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlangan. 1947-yil aprel oyida Oʻzbekiston Davlat universiteti harbiy kafedrasi mudiri boʻlib, 1951-yil fevraldan esa Toshkent viloyati harbiy komissarligining harbiy komissar boʻlib faoliyat olib borgan.
General-mayor Stanislav Antonovich Ivanovskiy 1954-yil mart oyida zaxiraga olingan. 1975-yil 31-yanvarda Toshkentda vafot etgan.
Mukofotlari Stanislav Antonovich 1945-yil 30-aprelda Lenin ordeni bilan, 1944–1945–1949-yillarda uch marta Qizil Bayroq ordeni bilan va 1944-yil Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Turkum:Samarqand davlat universiteti oʻqituvchilari Turkum:Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti bitiruvchilari Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:Ishchi-Dehqon Qizil Armiyasining XX yilligi yubiley medali sohiblari Turkum:„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:General-mayorlar (SSSR) Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:1975-yilda vafot etganlar Turkum:31-yanvarda vafot etganlar Turkum:1893-yilda tugʻilganlar Turkum:28-noyabrda tugʻilganlar