Teymur Alikovich Charyev (; 26-noyabr 2000-yil, Marv) – turkman futbolchisi, „Abdysh-Ata“ klubi va Turkmaniston terma jamoasi yarim himoyachisi.

Faoliyati 2019-yilda futbolchi ilk professional jamoasi, Turkmanistonning „Energetik“ klubida oʻynay boshladi. 2023-yilning mart oyida u Qirgʻizistonning „Abdysh-Ata“ klubi tarkibiga oʻtdi. U klubdagi debyutini 2023-yilning 2-aprelida Talent klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 2023-yilning 8-aprel kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi oʻyinda "Oʻsh Davlat Universiteti – „Aldier“ klubiga qarshi oʻyinda debyut golini kiritdi. Klub bilan birgalikda u Qirgʻiziston kubogining kumush medali sohibiga aylandi. Abdish Ata jamoasida 2023-yil 16-sentyabr kuni finalda Jalolobod klubiga gol urdi ammo yakibnda magʻlub boʻldi. 2023-yilning sentyabr oyida u klub bilan AFC Kubogi oʻyinlariga bordi. Turnirning ilk oʻyini 2023-yil 21-sentabr kuni Turkmanistonning „Oltin Asir“ klubiga qarshi oʻtkazilgan. Klub bilan birga futbolchi 2023-yilgi Qirgʻiziston Premyer-ligasi chempioniga aylandi.

Terma jamoa 2022-yilning may oyida futbolchi Turkmaniston U23 yoshlar terma jamoasiga yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun chaqiruv oldi. U milliy terma jamoadagi debyutini 2022-yilning 1-iyunida Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. U terma jamoadagi debyut golini 2022-yil 4-iyun kuni Eron terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan navbatdagi oʻyinida kiritdi. Terma jamoa bilan birgalikda u guruhda ikkinchi oʻrinni egalladi va pley-off bosqichiga chiqdi, u yerda 2022-yil 11-iyunda Avstraliya terma jamoasiga magʻlub boʻldi.

2023-yil iyun oyida futbolchi Turkmaniston terma jamoasiga CAFA Millatlar Kubogi 2023 ishtirok etish uchun chaqiruv oldi. U milliy terma jamoadagi debyutini 2023-yilning 11-iyun kuni Tojikiston terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. U terma jamoadagi debyut golini 2023-yilning 12-sentabr kuni Bahrayn terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida kiritdi.

Yutuqlar Abdish-Ata

Qirgʻiziston chempioni: 2023

Manbalar

Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:26-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Turkmaniston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Turkmanistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qirgʻizistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FC Abdysh-Ata Kant futbolchilari Turkum:FC Energetik Mari futbolchilari