Leonid Tixonovich Levin (1869-yil, Grodno viloyati, Visoko-Litovsk – 1944-yil,Oʻzbekiston SSR, Toshkent shahri) — sovet otorinolaringologi. Tibbiyot fanlari doktori (1902), RSFSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1935).

Hayoti Leonid Tixonovich Levin 1869-yilda Grodno viloyatida tugʻilgan.

1894-yilda Kiyev universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan. 1896—1901-yillarda u chet elda malaka oshirgan. 1908-yildan esa Sankt-Peterburgdagi Shifokorlar malakasini oshirish klinik institutida dastlab assistent, keyin dotsent boʻlgan. 1902-yilda difteriyada eshitish organidagi oʻzgarishlar haqida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

U 1914-yildan Psixonevrologiya instituti professori boʻlgan.

1917-yildan Leningrad tibbiyot malaka oshirish institutida otorinolaringologiya kafedrasi mudiri boʻlgan (u yerda umrining oxirigacha ishlagan).

Ulugʻ Vatan urushi boshlanishi bilan 1941-yilda Toshkentga evakuatsiya qilingan.

Leonid Tixonovich Levin 1944-yilda Toshkentda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish chogʻida kutilmaganda vafot etganFeygin. G. A. Portret otorinolaringologa: razmishleniya, problemi, resheniya. – B.: Ilim, 2009. – 205 s. – Glava 1 . U Sestroretsk qabristoniga dafn etilgan.

Ilmiy faoliyati Leonid Tixonovich Levinning 60 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. U umumiy radikal quloq jarrohligining original usulini ishlab chiqqan. Quloq labirintini ochish usulini oʻzgartirgan va bu operatsiyalarni bajarish uchun bir qator vositalarni taklif qilgan.

Quloqning jarrohlik kasalliklari boʻyicha 3 jildlik toʻliq qoʻllanma yaratgan va u bir necha nashrlardan oʻtgan (1928, 1936–1937, 1948).

U jarrohlik sohasida otorinolaringologlar maktabini yaratgan.

Levin tashabbusi bilan Sankt-Peterburg otorinolaringologiya jamiyati tuzilgan (1906). U keyinchalik „Rossiya otorinolaringologiyasi“ deb oʻzgartirilgan. Shuningdek, u „Quloq, burun va tomoq kasalliklari oyligi“ ilmiy jurnalini tashkil qilgan.

Ilmiy ishlari „Difteriyadagi eshitish organining holati toʻgʻrisida“ (1902) „Quloqning jarrohlik kasalliklari va ularni jarrohlik yoʻli bilan davolash“ 1–2-kitoblar (1936–1937). Leonid Tixonovich Levin nomi Leningrad davlat tibbiyot institutining otolaringologiya klinikasiga berilgan (2011-yilda qayta tashkil etilgan).

Manbalar

Turkum:1869-yilda tugʻilganlar Turkum:1944-yilda vafot etganlar Turkum:shifokorlar