Amirbek Saidov (; 1-fevral 2006-yil, Toshkent) – oʻzbek futbolchisi, Sebiya Superligasining „FK Jedinstvo Ub“ klubi va Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi hujumchisi.
Futbolchilik faoliyati Amirbek Toshkentning „Bunyodkor“ klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi va klubning U-18 yoshlar jamoasi aʼzosi hisoblanadi.
2024-yil 2-iyulda Serbiya Superligasi ishtirokchisi „FK Jedinstvo Ub“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Terma jamoadagi faoliyati Saidov Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi bilan CAFA U-16 chempionati 2022 turnirida ishtirok etgan. Musoboqada Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi gollar farqiga koʻra ikkinchi oʻrinni olgan va Amirbek 7 gol bilan musoboqa toʻpurari boʻlgan.
Amirbek Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi safida ilk bor 2023-yil Rossiya U-17 terma jamoasiga qarshi oʻyinda debyit qilgan. 2023-yilgi AFC U-17 Osiyo Kubogida 5 ta oʻyinda ishtirok etdi va Yaponiya U-17 terma jamoasiga qarshi oʻyinda ilk debyut golini kiritgan. Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi yarim finalga qadar yetib bordi va FIFA U-17 Jahon chempionati 2023 ga yoʻllanma oldi. Indoneziyada oʻtayotgan jahon chempionatida Amirbek 3 ta oʻyinda ishtirok etib, Kanada U-17 terma jamaosiga 2 ta va Ispaniya U-17 terma jamoasiga 1 ta gol urib, 3 ta gol bilan eng yaxshi toʻpurarlar safida bormoqda.
Yutuqlar Klub Buxoro Oʻzbekiston Kubogida ikkinchi oʻrin: 2025
Manbalar
Havolalar Amir Saidov Transfermarkt saytida Amir Saidov OʻzPFL saytida Amir Saidov Soccerway saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:FK Jedinstvo Ub klubi futbolchilari Turkum:Serbiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:2026-yilgi Osiyo oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi futbolchilari