Pyotr Xan (1922-yil 13-iyun, Pokrovka qishlogʻi, Nikolsk-Ussuriskiy uezdi, Uzoq Sharq Respublikasi – 2004-yil 11-yanvar, Perm, Rossiya) – Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi Mikoyan nomidagi kolxoz mudiri. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951).
Tarjimai holi 1922-yilda Nikolsk-Ussuriskiy tumani Pokrovka qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. Millati koreys.
1937-yilda oila etnik sabablarga koʻra qatagʻonga uchradi. Ota hibsga olingan, uning keyingi taqdiri nomaʼlum. Ona va uch bola Toshkent viloyatiga deportatsiya qilindi. 1939-yilda Quyi Chirchiq tumanidagi „Krasniy Vostok“ kolxozi qoshidagi koreys maktabini tamomlagan. 1940-yildan – Quyi Chirchiq tumanidagi „Yangi yoʻl“ kolxozida oddiy kolxozchi. 1949-yildan – Quyi Chirchiq tumani Mikoyan nomidagi kolxozda oddiy kolxozchi, dala mudiri, haydovchi, dala ekinlari brigadasi brigadiri.
1949-yilda Pyotr Xan jamoasi texnik ekinlar, xususan, kanop yetishtirish ustida ish olib bordi va sugʻoriladigan yerlarda yashil kanop poyasidan rekord darajadagi hosil olishga erishdi. 1950-yilda boʻlinma 5,8 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 93,1 sentnerdan kanop hosili oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 17-iyuldagi farmoni bilan Xan Pyotr Lenin ordeni va O‘roq va Bolg‘a oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.
Xanning butun mehnat faoliyati Quyi Chirchiq tumanining Mikoyan nomidagi (1952-yildan – Sverdlov nomidagi) kolxozi bilan bogʻliq boʻlib, u yerda 1982-yilgacha ishlagan. 1970-yilda u KPSS aʼzoligiga qabul qilindi.
Ittifoq ahamiyatiga ega nafaqaxoʻr. 1998-yilda u Oʻzbekistonni tark etishga majbur boʻldi va Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini qabul qildi.
Perm shahrida yashagan. 2004-yilda vafot etgan va Permdagi Shimoliy qabristonga dafn qilindi.
Olgan mukofotlari Sotsialistik Mehnat Qahramoni; Lenin ordeni; Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1953); Oktyabr Inqilobi ordeni (1973); 3-darajali "Mehnat shuhrati" ordeni (1976); „1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali; „Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan“ medali; Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining Faxriy yorligʻi. „Shuhrat“ medali
Manbalar
Havolalar German Kim, Ensiklopediya koryo saram. Geroy Sotsialisticheskogo Truda Xan Petr
Turkum:Kishilar Turkum:Permda vafot etganlar Turkum:Shuhrat medali sohiblari Turkum:Quyi Chirchiq tumani Mikoyan nomidagi kolxozning Sotsialistik Mehnat Qahramonlari