Vinklov astragali () – bir urugʻpallalilar sinfi, iris turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Chatqol, Qurama togʻ tizmalari va Ohangaron daryosi vodiysida tarqalganBritish Iris Society . Nomlanishi Ilk bor 1884-yilda Eduard Regel tomonidan rasman tasvirlangan. Bu tur Estoniyaning Tartu universitetida dars beruvchi botanik olim Konstantin Jorj Aleksandr Vinkler sharafiga nomlangan. Tavsifi Boʻyi 20 sm gacha yetadigan koʻp yillik piyozchali oʻt oʻsimlik. Popuk ildiz tizimiga ega. Piyozining tashqi qobigʻi qora qogʻozsimon. Poyasi qisqa yashil, tuksiz silliq. Ildizoldi barglari oddiy, butun, bandsiz, soni 4 ta, chiziqli eni 1-2 mm, oʻroqsimon egilgan, silliq tuksiz. Gullari ikki jinsli, poya uchida yakka yakka oʻrnashadi. Gultojibarglari qoʻshilmagan erkin, binafsharang tusda. Gulqoʻrgʻoni aʼzolari, qoʻshilmagan, erkin uzunligi 4 sm gacha yetadi. Hasharotlar yordamida changlanadi. Aprel may oylarida gullab mevasi iyulda yetilib pishadi. Mevasi quruq, boʻlakli koʻsak meva. Urugʻi va piyozchalari orqali koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti Tabiatda juda kam tarqalgan. Toshkent viloyati Chatqol va Qurama togʻ tizmalarida dengiz sathidan 3000-4000 m balandlikda uchraydi. Togʻlarning yuqori qismidagi maysazorlarda oʻsadi. Muayyan tuproq va iqlim sharoitiga moslashganligi sababli kam uchraydi. Chatqol biosfera qoʻriqxonasi va Ugom Chatqol davlat milliy tabiat bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan.

Manbalar

Turkum:Toshkent geografiyasi