Jamankul Jenchurayevich Jenchurayev (1907-yil 1-yanvar, Toldi-Buloq, Turkiston viloyati – 1990-yil 2-noyabr, Frunze) – qirgʻiz va rus tillarida ijod qilgan qirgʻiz sovet yozuvchisi.

Hayoti Jamankul Jenchurayev 1907-yilda Toldi-Buloq qishlogʻida (hozirgi Chuy viloyati, Chuy tumani) tugʻilgan.

1927—1929-yillarda V. I. Lenin nomidagi Birlashgan Oʻrta Osiyo harbiy bilim yurtining otliq qoʻshinlar boʻlimida oʻqigan. Shu vaqt ichida bir necha bor bosmachilar toʻdalarini yoʻq qilish operatsiyalarida qatnashgan.

1930-yildan Qirgʻiziston va Qozogʻiston janubidagi 68-operativ divizion OGPU qoʻshinlari, Tojikistondagi 79-Qizil bayroqli otliq polkida vzvod komandiri boʻlgan.

1921-yildan VKLSM (komsomol) aʼzosi. 1931-yilda esa KPSS (b) aʼzosi boʻladi.

1931—1933-yillarda Qoraqum va Mangʻishloq bosmachi toʻdalariga qarshi operatsiyalarda qatnashgan. 1934-yildan 1940-yilgacha Qozogʻistonda 49 va Qizil bayroqli Baxtinskiy chegara otryadlari zastavalarida xizmat qilgan.

1941-yil 4-dekabrda NKVD Gʻarbiy fronti qoʻshinlari boshligʻining buyrugʻi bilan kapitan Jenchurayev Moskva mudofaasidagi jasorati uchun mayor harbiy unvoni bilan taqdirlangan. 1941-yil 19-dekabrda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining Farmoni bilan jangovar topshiriqni namunali bajarganligi va mard jasorati uchun Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlanadi. Shu yilning oz’ida Qizil Yulduz ordeni va „Jasurlik uchun“ medaliKrasnaya zvezda. 27 avgusta 1941 goda bilan taqdirlangan. Podpolkovnik Jenchurayev isteʼfoga chiqqanidan soʻng, rus va qirgʻiz tillarida oʻndan ortiq kitoblar, xotiralar va esdaliklar yozganДжаманкул Дженчураев.

Jamankul Jenchurayev 1990-yil 2-noyabrda profilaktik davolanayotganda, Frunze shahridagi maxsus klinika boʻlimida vafot etadi. Bishkekning Ala-Archin qabristoniga dafn etilgan.

Xotirasi Qirgʻiziston Respublikasi Chegara xizmati Chuy chegara otryadiga qarashli 2026-harbiy qismga qarashli „Toʻqmoq“ chegara postiga Jamanqul Jenchurayev nomi berilgan.

2011-yil 22-iyun kuni Jamanqul Jenchurayev istiqomat qilgan uyning fasadiga yodgorlik lavhasi oʻrnatiladi.

Manbalar

Havolalar

Qirgʻizistondagi rossiyalik vatandoshlar faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi Nekroloq

Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari Turkum:Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti bitiruvchilari Turkum:Bishkekda vafot etganlar Turkum:1990-yilda vafot etganlar Turkum:2-noyabrda vafot etganlar Turkum:1907-yilda tugʻilganlar Turkum:1-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Jasurlik uchun medali bilan mukofotlanganlar Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Qirgʻizistonlik yozuvchilar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar