Xayrtobod masjidi Hayratobodda joylashgan. Bugungi kunda Xayrtobod masjidi atrofidagi hudud mashhur aholi punkti hisoblanadi. Bu hudud Hindistonning Haydarobod shahrining yirik biznes va IT markaziga aylangan.
Tarixi Xayrtobod masjidi Sulton Muhammad Qutbshoh VI(1612–1626) ning qizi Ma Saheba nomi bilan tanilgan Xayrunisa begim tomonidan 1626-yilda qurilgan. U masjidni ustozi Oxund Mulla Abdulmalik uchun qurdirgan.
Masjidga tutash hududa boʻsh gumbazli bino bor. Uning qabrdan xoli boʻlishining sababi shundaki, binoni Oxund oʻzini shu yerga dafn qilishlari uchun qurdirgan; u Makkada Haj ziyorati chogʻida vafot etgani sababli, gumbaz osti boʻsh qoldirilgan.
Xayruniso begim kuyovi Husaynshoh Validan malika uchun saroy, masjid va suv yig‘uvchi havza qurishni iltimos qilgan. Suv havzasi keyinchalik Xayrtobodning shimoliy qismida qurilgan Husayn Sagar nomi bilan mashhur boʻlgan.
Arxitekturasi left|thumb| Xayratobod masjidi va maqbarasi Xayratobod masjidi Husayn Shoh Valiy tomonidan loyihalashtirilgan va qurilgan. Masjid oldida uch arkali teshik mavjud. Masjidning nozik minoralari koʻplab bezak ishlariga ega va jali (toʻr) ishlari ham koʻzga tashlanadi.
Bino INTACH AP, tomonidan Hindistonning madaniy meros obyekti deb eʼlon qilgan.
Manbalar
Turkum:Qutbshohlar arxitekturasi Turkum:17-asr masjidlari Turkum:Xaydaroboddagi masjidlar