Sogʻlom turmush tarzi Sogʻlom turmush tarzi – bu xatti-harakatlarning xavf omillarini nazorat qilish orqali sogʻligʻini saqlashga va yuqumli boʻlmagan kasalliklar xavfini kamaytirishga yordam beradigan insonning turmush tarzidir.
Sogʻlom turmush tarzi tamaki va spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishdan voz kechish, sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollik (jismoniy mashqlar, sport va boshqalar), ruhiy salomatlikni mustahkamlash va boshqa sogʻliqni saqlash choralarini oʻz ichiga oladi. Soʻgʻlom turmush tarzi tamoyillari odatda erta yoshda belgilanadi.
Sogʻlom turmush tarzini erta yoshda shakllantirish muhimdir, chunki yoshlarda shakllangan odatlar koʻpincha balogʻat yoshiga qadar saqlanib qoladi. Sogʻlom turmush tarzining asosiy jihatlari Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, yuqumli boʻlmagan kasalliklar 70% hollarda erta oʻlimga sabab boʻlmoqda. Shu bois, sogʻlom turmush tarzini oʻz ichiga olgan salomatlikni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. JSST insonlarga yoʻnaltirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlarini rivojlantirishni muhim deb hisoblaydi. Bu xizmatlar tibbiy yordam koʻrsatishdan tashqari, birinchi navbatda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va yuqumli boʻlmagan kasalliklarning oldini olishga qaratilgan.
Sogʻlom turmush tarzi uchun eng muhim jihatlar quyidagilardan iborat: tamaki mahsulotlari isteʼmolidan voz kechish;
alkogol va boshqa giyohvand moddalardan voz kechish;
ratsional ovqatlanish;
jismoniy faollik, oʻtirib ishlashdan voz kechish.
Nosogʻlom turmush tarzi va shu bilan birga yuqumli boʻlmagan kasalliklar xavfini oshiruvchi omillarga quyidagilar: notoʻgʻri ovqatlanish, kamharakatli turmush tarzi (jismoniy faollikning pastligi), chekish, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish, kofeinni (qahva, choy, energetik ichimliklar) meʼyoridan ortiq isteʼmol qilish, uyqu tartibining buzilishi kiradi. Umr koʻrish davomiyligi Tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, sogʻlom turmush tarzi umr koʻrish davomiyligini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Germaniyada oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, sogʻlom turmush tarziga amal qilish 40 yoshdan keyingi umr koʻrish davomiyligini 13-17 yilga uzaytirar ekan. AQShda oʻtkazilgan tadqiqot 50 yoshdan keyingi umr koʻrish davomiyligining 12-14 yilga ortganini koʻrsatmoqda. Reproduktiv salomatlik Semizlik, tamaki chekish va spirtli ichimliklar, kofeinli gazlangan ichimliklar (choy, qahva va kakaodan tashqari) erkaklarning reproduktiv salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Sogʻlom ovqatlanish Sogʻlom ovqatlanish bir qator yuqumli boʻlmagan kasalliklarning oldini olishning eng muhim vositasi hisoblanib, sogʻlom umr koʻrish davomiyligini oshirishga xizmat qiladi
Sogʻlom ovqatlanish parhezlari oʻlim xavfini (22% ga), yurak-qon tomir kasalliklarini (22% ga), saratonni (15% ga) va 2-tur qandli diabetni (22% ga) sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Sogʻlom ovqatlanish uchun mahsulotlar Sogʻlom ovqatlanishning asosi turli xil oʻsimlik mahsulotlarini koʻp miqdorda isteʼmol qilishdan iborat. Oʻsimlik ozuqasi tarkibidagi koʻplab moddalar antioksidant va yalligʻlanishga qarshi xususiyatlarga ega boʻlib, qon ivishiga toʻsqinlik qiladi, qon bosimini va fermentlar faolligini boshqaradi, qondagi glyukoza miqdorini meʼyorlashtiradi, lipid profilini yaxshilaydi, genlar ekspressiyasi va signal yoʻllariga taʼsir qiladi, shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklari bilan bogʻliq boʻlgan baʼzi biomarkerlarga taʼsir qiladi. Notoʻgʻri ovqatlanish Barcha sabablari boʻyicha oʻlim xavfining yuqori darajasi qizil goʻsht isteʼmoli, ayniqsa qayta ishlangan mahsulotlar kolbasa, sosiska, bekon va shirinlashtirilgan ichimliklar (ularning aksariyati gazlangan ichimliklar) isteʼmoli bilan bogʻliq. Jismoniy faollik Sport bilan shugʻullanadigan kishilar bir qator kasalliklarga, jumladan yurak va onkologik xastaliklarga kamroq chalinadi. Bundan tashqari, ularning tanasi va toʻqima tarkibi koʻpincha sogʻlom boʻladi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, jismoniy faollik barcha tabiiy sabablarga koʻra oʻlim xavfini pasaytiradi. Xususan, haftasiga 2,5 soat (yaʼni, haftada 5 kun davomida kuniga 30 daqiqa oʻrtacha faollik) nol faollikka nisbatan barcha sabablarga koʻra oʻlim xavfini 19 foizga kamaytirsa, haftasiga 7 soat oʻrtacha faollik esa bu xavfni 24 foizga pasaytiradi. Yana qarang Shaxsiy gigiyena
Yosharish
Ish joyida sog‘liqni mustahkamlash
Dam olish
Sog‘lom ovqatlanish
Manbalar
Turkum:Sog‘lom turmush tarzi
Turkum:Gigiyena
Turkum:Tibbiyot