right|thumb| Masjid sobiq mustahkamlangan Dhar shahrining janubi-sharqiy qismida joylashgan Lat masjidi (IAST: Lāṭ Masjid, soʻzma-soʻz „Ustunli masjid“) – Hindistonning Madxya-Pradesh shtatidagi Dhar shahrida joylashgan masjid. Dharning temir ustuni (hind tilida „lāṭ“ deb ataladi) nomi bilan atalgan. U Lat ki masjidi, Ladx masjidi, Lath masjidi yoki Dhar Jome masjidi nomlari bilan ham tanilgan.

Tarixi left|thumb| Masjid temir ustunlarining boʻlaklari Masjid 1405-yilda Malvaning birinchi sultoni Dilavar Xon tomonidan qurilgan. Uning qurilishida hind va Jain ibodatxonalaridagi Spolia bezaklaridan foydalanilgan.

Masjid hozirda parchalanib ketgan temir ustun (hind tilida lat deb ataladi) sabbali shu nomni olgan, bu ustun avvalari masjid majmuasida joylashgan.

Arxitekturasi Masjidning ichki hovlisi kalonnalarida ustunlar va oldingi ibodatxonalarda koʻp uchraydigan oʻyilgan breketlarini koʻrish mumkin. Bu ustunlarda hindu va jayn uslubidagi oʻymakorlik namunalari aks etgan. Masjidning ikkita darvozasidan biri ham jayn uslubida yasalgan. Masjidning mehroblari va minbarlari musulmonlar tomonidan loyihalashtirilgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Dhar Turkum:15-asr masjidlari Turkum:Madhya Pradeshdagi masjidlar