Jome masjidi 1612-yilda qurilgan masjid boʻlib, Hindistonning Maharashtra shtatidagi Avrangobod shahridagi Killa Arrak yaqinida joylashgan. Bu tarixiy ahamiyatga ega manzilgoh hisoblanadi, chunki u 1612-yilda qurib bitkazilgan. Qurilish 1610-yilda Malik Amber tomonidan Avrangobod (oʻsha paytda „Fatehpur“ deb nomlangan) asos solinganidan soʻng boshlangan. Masjid keyinchalik 1692-yilda Avrangzeb (R. H.) tomonidan kengaytirilgan. U Avrangobodning eng qadimgi masjidlaridan biri boʻlib, hali ham yaxshi holatda saqlangan.
Tarixi Masjidni 1612-yilda Malik Amber 1610-yilda Xaraki deb nomlagan shaharda qurdirgan va Malik Ambar 1626-yilda vafot etgach uning oʻrniga oʻgʻli Fotexon oʻtirgan va Xadki shahri nomini „Fatehnagar“ ga oʻzgartirgan. 1633-yilda Boburiylar Davlatobodni egallab olishganda, Nizom Shohi hukmronlik yerlari, shu jumladan Fatehnagar Boburiylarning qoʻl ostiga oʻtdi. Milodiy 1653-yilda shahzoda Avrangzeb ikkinchi marta Dekan noibi etib tayinlanganida, u Fotehnagarni poytaxt qilib, uni Avrangobod deb nomlaydi. Jome masjidi yaqinida Killa Arrak qal’asini qurdiradi, masjid qal’a devorlarining chegarasida joylashgan. Masjidning meʼmoriy qurilish uslublarini bilgan Avrangzeb 1692-yilda masjidning old qismida toʻrtta ark qurib, hududni kengaytirdi. Muhtasham qal’a orasidagi Amxar (Jamoat zali) va Jome masjidi hali ham yaxshi holatda saqlangan yagona inshootlardir.
Tuzilishi alt=Early morning view of Delhi Gate, Aurangabad|right|200x200px| Dehli darvozasining erta tong koʻrinishi, Aurangobod Masjid Avrangobodning Killa Arrak yaqinida joylashgan. Oldindagi 9 ta qirrali arkdan 5 tasini Malik Ambar oʻrnatgan.
Galereya right|thumb| Jome masjidi yaqinidagi Makka darvozasi, Avrangobod, 1880-yillarda Din Dayal tomonidan suratga olingan
Yana qarang Avrangobod Olamgir masjidi Kali masjidi (Jalna)
Manbalar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Buyuk masjidlar Turkum:Ahmadnagar sultonligi Turkum:Avrangabaddagi masjidlar