Sokollu Mehmet posho masjidi () – Köprübaşı (Koʻprikboshi) nomi bilan ham tanilgan XVI asrga oid Usmonli masjidi xarobasi. Inshoot Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan.

Tavsifi Xaroba Istanbul tumanlaridam biri boʻlgan Büyükçekmeceda joylashgan. Bino Usmonli imperiyasi meʼmori Xoʻja Sinon (taxminan 1488 yoki 1490–1588) tomonidan loyihalashtirilgan va 1567-yilda sadr vazir Sokollu Mehmed posho (vazirlik yillari 1565–1579) uchun qurdirilgan. Bino Istanbulda joylashgan meʼmor Xoʻja Sinon tomonidan qurilgan xuddi shu nomdagi uchta masjiddan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda masjidning faqatgina minora, bitta darvoza va past devori saqlanib qolgan. Masjid minorasining dizayni noyob usulda qurilgan boʻlib, Misrda ham shunga oʻxshash minora mavjud.

Masjid Kanuniy Sulton Sulaymon koʻprigining sharqiy chekkasida bunyod etilgan.

Manbalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Istanbuldagi masjidlar Turkum:Turkiyadagi masjidlar haqidagi chala maqolalar