An-Navier masjidi () Indoneziyaning Jakarta shahridagi eng qadimiy masjidlardan biri. U Jakartaning Tambora tumanidagi Pekojan shahrida joylashgan. Masjid Jakartadagi arab sivilizatsiyasining ramzi hisoblanadi. Masjid katta va qadimiy meʼmorchilik anʼanalariga xos tarzda, Gʻarbiy Jakartadagi aholi zich joylashgan aholi punktida ajoyib tarzda bunyod etilgan. Bu aholi punkti bir vaqtlar aholisining asosiy qismini arablar, Yaman va Hindistondan kelgan muhojirlardan tashkil topgan hudud boʻlgan. Arablar soni endi juda oz boʻlsa ham, Pekojanda hozirgacha ularning ayrim avlodlarni topish mumkin.
Tarixi Bu masjid avval 1760-yilda Hadramautdan (Yaman) kelgan Sayid Abdulloh bin Husaym Alaydrius tomonidan qurilgan. Taʼkidlanishicha, masjidni quruvchi inson Islom paygʻambari Muhammadning avlodidan boʻlgan. Masjidda bir qancha taʼmirlash va rekonstruksiya ishlari olib borilgan.1800-yillardagi taʼmirlash ishlari masjid koʻrinishga juda katta oʻzgarish kiritgan. 1850-yilda masjidni kengaytirish Bantenlik qoʻmondon Dahlan tomonidan amalga oshirildi. 1897-yilda esa masjidni kengaytirish uchun yer ajratilgan.
Masjidning namoz binosi L shaklida qurilgan. Masjid 2000 kvadrat metrga yaqin yer maydoni va 1500 kvadrat metr qurilish maydoniga ega boʻlib, 1000 nafar ziyoratchini oʻzida sigʻdira oladi. Masjidning shimoliy, janubiy va sharqiy tomondan uchta kirish joyi mavjud. Masjidda 33 ta ustun oʻrnatilgan. Zaldada 1871-yilda Pontianak sultoni tomonidan hadya qilingan minbar joylashtirilgan. Masjid minorasi mayoqqa oʻxshab ketadi.
Yana qarang
Indoneziyada islom Indoneziyadagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Jakartadagi masjidlar