thumb|Polshada „Soʻz kuchga ega, ulardan oqilona foydalaning“ shiori ostida nafrat tiliga qarshi kompaniya tomonidan yaratilgan SIM-karta. Nafrat tili – turli maʼnolarga ega atamadir. Uning yagona, aniq taʼrifi yoʻq. Kembrij lugʻatida ushbu atamaga „Nafrat tili – irqi, dini, tili yoki jinsiy oriyentatsiyasiga nisbatan nafratni ifodalovchi yoki zoʻravonlikni oshiradigan ommaviy nutq“ deya tarif berilgan. Amerika Konstitutsiyasi Ensiklopediyasida nafrat tiliga „Irqi, ijtimoiy kelib chiqishi, jinsi, sogligʻi xususiyatlariga koʻra shaxsni ommaviy kamsitish“ deya qayd etilganJohn T. Nockleby, "Hate Speech, " in Encyclopedia of the American Constitution, eds. Leonard W. Levy and Kenneth L. Karst, vol. 3 (2nd ed., Detroit: Macmillan Reference USA, 2000, pp. 1277–1279); quoted by .

Soʻz erkinligi, nafrat tili hamda shunga oʻxshash mavzular boʻyicha koʻplab munozaralar boʻlib oʻtgan. Baʼzi mamlakat qonunlarida nafrat tili guruh yoki maʼlum shaxslarga nisbatan qoʻllanilsa jinoyat sifatida qabul qilinishi belgilab qoʻyilgan. Bundan tashqari, baʼzi davlatlarda, jumladan AQShda nafrat tili zoʻravonligiga uchragan insonlar konstitutsiya darajasida himoya qilinadi.

Nafrat tili, genotsid kabi ommaviy vahshiyliklarning bir belgisi sifatida qayd etilgan. Ruanda boʻyicha xalqaro jinoiy sudida nafrat tiliga oid bir qancha ishlar koʻrib chiqilgan .

Tarixi Oʻtgan asrning 1940-50-yillardan boshlab, amerikalik bir guruh fuqarolari Ikkinchi jahon urushi vahshiyliklariga nisbatan maʼlum toifa insonlarni irqi va dinidan kelib chiqqan holda toifalarga ajratishni targʻib qilishdi. Ushbu tashkilotlar nafrat soʻzining zoʻravonligini tavsiflash va uning zararli holatlariga qarshi kurashish uchun asos sifatida tuhmatdan foydalanishgan. Olim Jeremy Waldron nafrat tili tarixi haqida gapirar ekan, „Nafrat tilini toʻxtatish uchun bunga qarshi kurashish emas, aksincha, inson huquqlari va shaʼn-qimmatini koʻtarish lozim“ deya taʼkidlaydi 1952-yilda AQSh Oliy Sudi Beauharnais Illinoys ishi boʻyicha, ilk nafrat tiliga oid qonun imzolandi. Biroq, 60-yillarda fuqarolik huquqlari harakati ichida inson huquqlarning qoʻllab-quvvatlashlanishi tufayli nafrat tiliga qarshi qonun oʻz kuchini yoʻqotdi. Nafrat tiliga oid qonunlarga qarshi chiqish faqat shaxsiy huquq himoyachilariga tegishli emas. Tanqidiy nazariyotchi Richard Delgado baʼzi huquq nazariyotchilari kabi nafrat soʻzlarining qoʻllanishida qonuniy cheklovlarni qoʻllab-quvvatladi. Ammo tuhmatning qoʻllanishi nafrat nutqiga qaraganda tor maʼnoda ekanligini daʼvo qiladi. Oxir-oqibat, Delgado irqchilik haqidagi haqoratlarga javob berish uchun huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi qonunning maʼlum bir boʻlimini belgilaydigan huquqiy strategiyadan foydalanishni davo qildi. Bu esa mavjud huquqiy tizimda tovon undirishning qiyinligini ifodalaydi.

Nafrat tili qonunlari Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniyada natsizm qayta sodir boʻlmasligi uchun nafrat tilini taqiqlovchi qonun qabul qilingan. Bundan tashqari, 2008-yilda Yevropa ittifoqiga aʼzo davlatlarda nafrat tilini taqiqlovchi qonunlarni qabul qilish hamda nafrat tilidan foydalanganlarga keskin jazo qoʻllash haqida bayonot eʼlon qilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari qoʻmitasi soʻz erkinligini himoya qilib kelmoqda. Soʻz erkinligini himoya qilishda asosiy hujjat Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi hisoblanadi. Deklaratsiyaning 19-moddasida „Har bir inson eʼtiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega. Bu huquq hech bir toʻsiqsiz oʻz eʼtiqodiga amal qilish erkinli hamda axborot va gʻoyalarni har qanday vosita bilan davlat chegaralaridan qatʼi nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini oʻz ichiga oladi.“ deya qayd etilgan.

Soʻz erkinligini himoya qiluvchi asosiy qonunlar bilan birgalikda inson huquqlari sohasini kengaytiradigan, inson shanini toptaydigan jinoyatlarni qoralovchi xalqaro hujjatlar ham qabul qilingan.

Irqiy kamsitishni bartaraf etish boʻyicha qoʻmita (CERD) birinchi boʻlib nafrat tilining yomon oqibatlarini taqiqlovchi qonunlarni oʻrnatish zaruriyatini koʻrib chiqqan.

Rivojlangan demokratik davlatlar, xususan, Avstraliya, Kanada, Daniya, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Janubiy Afrika, Shvetsiya, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniya davlatlarda nafrat tilini taqiqlovchi qonunlar mavjud. Birlashgan Qirollikda 1998-yilda Inson huquqlari toʻgʻrisidagi qonunning 10-moddasida „Soʻz erkinligi milliy xavfsizlikka tahdid soladigan, irqiy yoki diniy adovatni qoʻzgʻatadigan, sogʻligʻi yoki maʼnaviyatiga zarar yetkazadigan yoki tahdid soladigan boʻlsa, soʻz erkinligini cheklashga yoʻl qoʻyish mumkin“ deya qayd qilingan. AQShda esa, nafra tilini taqiqlovchi qonunlar mavjud emas. Chunki AQSh Oliy Sudi nafrat tiliga taqiq qoʻyilishini inson soʻz erkinligi huquqlariga putur yetkazadi deb hisoblaydi.

Nafrat tiliga qarshi qonunlarni 2 ta toifaga ajratish mumkin. Jamoat tartibini saqlashga qaratilgan qonunlar Inson haq-huquqlarini himoyalashga qaratilgan qonunlar Shimoliy Irlandiyada oxirgi 21 yilda faqatgina bir marotaba diniy zoʻravonlik holati qayd etilgan. Kanada, Daniya, Fransiya, Germaniya va Niderlandiyada nafrat tili boʻyicha koʻplab holatlar uchrab turadi.

Internetdagi nafrat tili Ilk internetdagi nafrat tiliga misol 1983-yilda natsist Jorj Jits tomonidan qoʻllangan boʻlib, internet orqali nafrat tiliga boy boʻlgan jadval joylashtirgan. 1996-yili internetda nafrat tiliga asoslangan veb-sayt ishlab chiqildi. Xalqaro elektr aloqa ittifoqi maʼlumotlariga koʻra, dunyo aholisining taxminan 66% internetdan foydalanish imkoniyatiga ega. Anonim foydalanuvchi nomi orqali biron shaxsga nisbatan nafrat tilini qoʻllash internetda keng tarqalgan. Hukumat idoralari va kompaniyalar anonim foydalanuvchilarning yozgan nafrat tili xabarlariga qarshi kurashayotgan boʻlsa-da, bunday holda nafrat tili bilan izoh yozgan foydalanuvchilarni aniqlash murakkab holdir.

2016-yil 31-mayda Facebook, Google, Microsoft va Twitter kompaniyalari oʻz xizmatlarida nafrat tili soʻzlarini chekladi. Google kompaniyasi esa nafrat tili haqida maʼlumot qidirilgan taqdirda kontentlarni koʻrsatmaslik haqida maʼlumot tarqatdi.

2022-yil 10-mart kuni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarini boshqaradigan Meta kompaniyasi Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urush munosabati bilan nafrat soʻzlariga qoʻyilgan cheklovlarni vaqtinchalik va mahalliy darajada bekor qildi. Ilgari taqiqlangan, ammo hozir ruxsat berilgan bayonotga misol sifatida kompaniya „Rus bosqinchilariga oʻlim“ iborasini keltiradi. Shunday boʻlsa-da, Meta barcha ruslarga qarshi zoʻravonlik chaqiriqlarini hech qanday farq qilmasdan blokirovka qilishni vaʼda qilmoqda.

Shuningdek, ayrim mamlakatlarda Rossiya va Belarus prezidentlariga oʻlim tilagan postlarga ruxsat berildi. Armaniston, Ozarbayjon, Vengriya, Gruziya, Latviya, Litva, Polsha, Rossiya, Ruminiya, Slovakiya, Ukraina va Estoniya kabi mamlakatlar ushbu qonunni qoʻllaydiganlar qatoriga qoʻshildiMeta smyagchaet zapret na prizivi k nasiliyu, BBC, 11.03.2022.

Davlat tomonidan ruxsat berilgan nafrat tili Bir necha davlatlar, jumladan Saudiya Arabistoni, Eron, Ruanda Xutu fraksiyalari, Yugoslaviya urushlari ishtirokchilari va Efiopiya rasmiy nafrat nutqini yoki genotsidga daʼvatni omma orasida tarqatayotganlar deb taʼriflangan.

Tarifi Bir qancha faollar va olimlar nafrat soʻzlarini cheklash holatlarini tanqid qilishgan. Erkin fuqarolardan faol Nadin Strossenning aytishicha, nafrat soʻzlarini senzura qilish harakatlari zaif toifa qatlamlarini himoya qilishga qaratilgan maqsad boʻlsa-da, ular samarasiz va yomon taʼsir koʻrsatishi mumkin. Konservativ Heritage Foundation vitse-prezidenti va nafrat nutqi nazariyasi tanqidchisi Kim Xolmsning taʼkidlashicha: „Nafrat tili odamlarning niyatidan qatʼiy nazar yomon niyatda amalga oshiriladi va shaxsning axloqiy harakterini yoʻq qiladi“. Birmingem universitetining islom va qiyosiy adabiyot professori Rebekka Rut Goldning taʼkidlashicha, nafrat soʻzlariga qarshi qonunlar inson huquqini kamsitishga qaratilgan. (bu Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi qonunda birinchi tuzatish bilan taqiqlangan) Chunki huquq tizimi baʼzi holatlarning oldini oladi. Gideon Elford kabi boshqa olimlar „Nafrat tilini tartibga solish orqali ifoda etilgan narsaning mazmuni bilan shartli ravishda bogʻliq boʻlgan nutq oqibatlarini ochib bersa, u faqat bilvosita maʼnoda kamsituvchidir“ deb taʼkidlaydilarElford, Gideon. „Legitimacy, Hate Speech, and Viewpoint Discrimination.“ Journal of Moral Philosophy 1, no. aop (2020): 1–26.. Jon Bennetning taʼkidlashicha, nafrat tilini cheklash shubhali kontseptual, empirik asoslarga va totalitar tuzumlarning fuqarolar fikrlarini nazorat qilinishiga olib keladi Bennett, John T. „The Harm in Hate Speech: A Critique of the Empirical and Legal Bases of Hate Speech Regulation.“ Hastings Const. LQ 43 (2015): 445.Bennett, John. „The Totalitarian Ideological Origins of Hate Speech Regulation.“ Cap. UL Rev. 46 (2018): 23..

Misa Kreandner va Eriz Henze nafrat tili qonunlari oʻzboshimchalik bilan qabul qilinishini taʼkidlaydilar. Chunki ular faqat ayrim toifadagi odamlarni himoya qiladi. Boshqalarni emasHeinze, Eric. „Cumulative jurisprudence and human rights: The example of sexual minorities and hate speech.“ The International Journal of Human Rights 13, no. 2–3 (2009): 193–209.Kreander, Miisa. „The Widening Definition of Hate Speech – How Well Intended Hate Speech Laws Undermine Democracy and the Rule of Law.“ (2022). . Henzening fikricha, bu muammoni nafrat tili qonunlarini bekor qilmasdan hal qilishning yagona yoʻli ularni barcha mumkin boʻlgan toifalarga ajratish boʻlishi mumkin va bu nutq ustidan totalitar nazoratni tashkil qiladiHeinze, Eric. „Cumulative jurisprudence and human rights: The example of sexual minorities and hate speech.“ The International Journal of Human Rights 13, no. 2–3 (2009): 193–209..

Maykl Konklinning taʼkidlashicha, nafrat nutqining koʻpincha eʼtibordan chetda qoladigan foydalari bor. Uning fikricha, nafrat soʻzlariga ruxsat berish insonning ahvolini yanada yaxshilash, odamlarning fikrini oʻzgartirish va baʼzi odamlar bilan vaqtida aloqani uzishi kerakligini aniqlashda yordam beradi. Psixologik tadqiqotlarga koʻra, yuqori darajadagi psixopatiyada onlayn nafrat tilining qoʻllanishi muhim omil hisoblanadi. Boshqa 7 ta potentsial taʼsirning hech biri statistik jihatdan nafrat tilidek muhim omil boʻla olmaydi.

Siyosiy faylasuf Jeffrey Hovard nafrat nutqining „so‘z erkinligi va boshqa siyosiy qadriyatlarga qarshi“ deb mashhur boʻlishini notoʻgʻri tavsiflash deb biladi. U buni „muvozanatlash modeli“ deb atagan va u soʻz erkinligi foydasini tarixiy jihatdan chekkada qolgan guruhlar uchun qadr-qimmat, tenglik kabi boshqa qadriyatlarga solishtirishga harakat qilgan. Shuningdek, u so'z erkinligi nafrat soʻzlarini oʻz ichiga oladimi yoki yoʻqligini bahs-munozaralarning asosiy nuqtasi boʻlishi kerak deb hisoblaydi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, odamlar nafrat nutqidan senzurada foydalanish kerakligini qoʻllab-quvvatlasa, ular nutqning oʻzlariga taʼsiridan koʻra boshqalarga taʼsiri haqida koʻproq ilhomlanadilar. Ayollar erkaklarga qaraganda nafrat nutqining senzurasini qoʻllab-quvvatlashlari ehtimoli koʻproq. Chunki baʼzi tadqiqotchilar ushbu holatni nafrat soʻzlariga nisbatan jamiyatdagi gender farqlari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin deb hisoblaydilarDowns, Daniel M., and Gloria Cowan. „Predicting the importance of freedom of speech and the perceived harm of hate speech.“ Journal of Applied Social Psychology 42, no. 6 (2012): 1353–1375..

Tasnifi A. M. Verxovskiy tomonidan tasniflash Nafrat tilining bir nechta tasnifi mavjud. Ulardan biri tadqiqotchi A. M. Verxovskiy tomonidan taklif etilgan.

Qattiq

Zoʻravonlikning toʻgʻridan-toʻgʻri va darhol sodir boʻladigan koʻrinishi; Umumiy shiorlar yordamida zoʻravonlikka chaqirish; Toʻgʻridan-toʻgʻri va darhol kamsitish; Haqorat qilish orqli kamsitish;