Abdujamol Ahmadjon oʻgʻli Isroilov (; 24-dekabr 1996-yil, Yozyovon tumani) – oʻzbek futbolchisi, Dinamo jamoasida yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati Abdujamol Fargʻona futbol tarbiyalanuvchisi. Futboldagi dastlabki faoliyatini „Neftchi“ klubi maktabida boshlagan Abdujamol, ilk professional jamoasi „Yozyovon“ klubi boʻlgan. 2014-2015-yillarda „Paxtakor“ jamoasi tarkibiga jalb etilgan va faoliyatini „Paxtakor-2“ jamoasida davomettirgan. 2016-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan va asosan jamoaning oʻrinbosarlar tarkibida oʻynagan. 2017-yilgi mavsumda Samarqandning „Dinamo“ jamoasiga ijaraga berilgan. Samarqand klubidagi muvaffaqiyatlari oʻyinlari sababli ikkinchi davrada „Neftchi“ jamoasiga qaytgan. 2018-yilgi mavsum oldidan Qarshining „Nasaf“ klubi bilan shartnoma imzolagan, ammo keyinchalik shartnoma bekor qilinib „Neftchi“ jamoasi tarkibida qolgan. 2018-yilgi mavsum soʻnggida Fargʻona kluibini tark etib, Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Namangan jamoasida ikki mavsum davomida oʻynagan va katta qismini jarohat sababli oʻtkazib yuborgan. 2021-yilgi mavsumda „Buxoro“ jamoasi tarkibiga oʻtgan va asosan yoshlar jamoasi tarkibida oʻynagan. 2022-yilgi mavsumda „Dinamo“ jamoasiga qaytdi va 2023-yilgi mavsum soʻnggiga qadar Samarqand klubi tarkibida oʻynagan. Mavsum soʻnggida „Dinamo“ jamoasi Abdujamol bilan shartnoma uzaytirilmasligini eʼlon qildi.

Terma jamoa Abdujamol Oʻzbekiston U-20 va Oʻzbekiston U-23 terma jamoalari safida oʻynagan. 2018-yilgi AFC U-23 Osiyo chempionatida Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibida chempion boʻlgan.

Yutuqlar

Klub

Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2023

Xalqaro

AFC U-23 Osiyo chempionati chempioni: 2018

Manbalar

Havolalar

Abdujamol Isroilov OʻzPFL saytida futbolchi profili

Abdujamol Isroilov Transfermarkt saytida futbolchi profili Abdujamol Isroilov Soccerway saytida futbolchi profili Abdujamol Isroilov Footballfacts saytida futbolchi profili

Turkum:24-dekabrda tugʻilganlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Yozyovon tumanida tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Yozyovon klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor-2 klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar