Skafandr va kapalak () – jurnalist Jean-Dominique Baubyning xotira kitobi. Bu kitobda uning insultdan oldingi va undan keyingi hayoti tasvirlangan.

Kitobning fransuzcha nashri dastlab 1997-yil 7-martda nashr etilgan. U nashr qilingan birinchi kunida 25,000 nusxada sotilgan va bir hafta ichida jami sotuvlar soni 150,000 ga yetgan. Kitob butun Yevropa boʻylab birinchi raqamli bestsellerga aylangan. Uning umumiy savdosi hozirda milliondan oshgan.

Tarixi 1995-yil 8-dekabrda Elle jurnalining bosh muharriri Bauby insultni boshdan oʻtqazgan va komaga tushib qolgan. U 20 kundan soʻng uygʻongan. Ruhan oʻz atrofidagi narsalardan xabardor boʻlsada, jismonan falaj edi. Bu holat „qulflangan sindrom“ deb atalardi. Bauby butun kitobni chap koʻz qovogʻini pirpiratib yozgan. Yordamchi harflarni koʻrsatib turgan hamda Baubyning ishorasi orqali soʻzlarni qogʻozga koʻchirgan. Bu uchun ular ikki oy davomida kuniga 3 soat, haftada 7 kun vaqt sarflashgan. 1997-yil 9-martda, kitob nashr etilganidan ikki kun oʻtgach, Bauby pnevmoniya tufayli vafot etganThomas, Rebecca. Diving Bell movieʼs fly-away success, BBC, February 8, 2008. Accessed June 5, 2008.Mallon, Thomas (June 15, 1997) „In the Blink of an Eye – The Diving Bell and the Butterfly,“ The New York Times. Retrieved April 8, 2008..

Boblari Muqaddima Oʻrindiq Ibodat Choʻmilish Alifbo Imperator ayol Chinechitta Sayyohlar Kolbasa Qoʻriqchi farishta Surat Yana bir oʻxshashlik Tush Qadr ostidagi ovoz Omadli kun Ilon iziBauby, J. (1998). The Diving Bell and the Butterfly (First Vintage International ed.). New York: Random House, Inc. Parda Parij Sabzavot Sayr Yigirma bir Oʻrdak ovi Yakshanba Hong Konglik malikalar Xat Greven muzeyida Maqtanchoq Hayotdagi bir kun Yangi mavsum

Moslashuvlari 1997-yilda Jean-Jacques Beineix Baubyning falaj holatida kitob yaratish jarayoni haqida 27 daqiqalik „Assigné à résidence“ nomli hujjatli film suratga olgan.

Rejissyor Julian Schnabelning ushbu kitob asosida suratga olgan badiiy filmi 2007-yilda chiqarilib, unda Mathieu Amalric Bauby rolini oʻynagan. Film bir qancha xalqaro mukofotlarga nomzod boʻlgan va oʻsha yili Kann kinofestivalida eng yaxshi rejissyor nominatsiyasida gʻolib boʻlganAcademy Awards Database .

2019-yilda Dallas Opera kompaniyasi Jean-Dominique Baubyning ushbu asari asosida yaratilgan „The Diving Bell and the Butterfly“ operasi uchun Milliy sanʼat jamgʻarmasi grantiga sazovor boʻlgan.

Manbalar

Havolalar Literature, Arts, and Medicine database

Turkum:Jean-Dominique Bauby kitoblari