Cesar Lobi Manzoki (1996-yil 12-oktabr) – professional futbolchi, China League One klubi Dalian Professional klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Zairda tugʻilgan, Markaziy Afrika Respublikasi terma jamoasida oʻynaydi.

Klub faoliyati 2020-yil 28-iyulda Manzoki Uganda Premyer-ligasida ishtiok etuvchi „Vipers SC“ jamoasiga qoʻshilgan va u yerda 46 ta oʻyin oʻtkazib, 26 gol urdi va klub uchun 13 golga assistentlik qilgan. 2020/2021-yilgi mavsumda u 7 ta gol urib, Stanbic Uganda Kubogining „Oltin butsasi“ni qoʻlga kiritdi va keyingi mavsumda 18 ta gol bilan „Oltin butsa“ni qoʻlga kiritgan. U 4 marta Pilsnerda oyning eng yaxshi futbolchisini qoʻlga kiritdi va 2021/2022-yilgi mavsumda Uganda premyer-ligasining eng yaxshi jamoasida koʻrsatilgan. U Vipers SC bilan 1 marta Uganda kubogi va 1 marta Uganda Premyer-ligasini yutgan.

2022-yil 25-avgustda Manzoki Dalian Pro bilan shartnoma imzolagan.

Terma jamoadagi faoliyati Manzoki 2016-yilda Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasini uchta oʻyinda himoya qilgan. Ota-bobolari bu mamlakatdan boʻlganligi sababli u 2022-yilda Markaziy Afrika Respublikasi terma jamoasi vakili boʻlishga oʻtgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kongo Demokratik Respublikasilik erkak futbolchilar Turkum:Markaziy Afrika Respublikasilik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar