Benjamin Teidi (1994-yil 5-may, Lagos) – nigeriyalik professional futbolchi, Oʻzbekistonning „Navbahor“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Benjamin Batumining „Dinamo“ jamoasi bilan Gruziya oliy ligasi va Superkubogi gʻolibi boʻlgan.
Futbolchilik faoliyati Benjamin Teidi professional faoliyatini 18 yoshida Gruziya ikkinchi divizioni vakili Gagrada boshlagan. 2015-yilda Teidi Merani Martvili jamoasiga qoʻshildi va u yerda keyingi toʻrt mavsum davomida qoldi. 2016-yilning 22-noyabrida u Kutaisi „Torpedo“siga qarshi Gruziya kubogi finalida toʻliq 90 daqiqa oʻynagan.
2019-yil mavsum boshida Teidi Erovnuli Ligaga koʻtarilgan Dinamo Batumi bilan shartnoma imzolagan. Keyingi toʻrt yil davomida tarkibda barqaror oʻyinchilardan biri boʻlgan Teidi „Dinamo“ klubining chempionlik unvonini qoʻlga kiritishiga katta hissa qoʻshdi, mamlakat kubogini koʻtardi va uch marta kumush medallarni qoʻlga kiritdi.
2022-yilgi mavsumdan soʻng Tel-Avivning „Hapoel“ klubiga koʻchib oʻtishi kerak boʻlganida, Teidi „Dinamo“ muxlislariga hayrlashuv xati yozdi, garchi ikki oydan keyin u kutilmaganda klubga qaytdi.
2024-yil 23-dekabrda Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Yutuqlar
Dinamo Batumi
Erovnuli Liga gʻolibi (2): 2021, 2023 Erovnuli Liga 2-oʻrinchisi (3): 2019, 2020, 2022 Gruziya kubogi sohibi (1): 2023 Gruziya Superkubogi sohibi (1): 2022 Gruziya Superkubogi sohibi (1): 2023
Merani Martvili
Gruziya kubogi sohibi (1): 2016
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Nigeriyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Gagra futbolchilari Turkum:FC Guria Lanchkhuti futbolchilari Turkum:FC Merani Martvili futbolchilari Turkum:FK Liepāja futbolchilari Turkum:Kazma SC futbolchilari Turkum:FC Iberia 1999 futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:FC Dinamo Batumi futbolchilari Turkum:Erovnuli Liga futbolchilari Turkum:Erovnuli Liga 2 futbolchilari Turkum:Latviya Oliy ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Quvayt Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Nigeriyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gruziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Latviyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Kuvaytdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar