Hozirgi Qozogʻiston hududida boʻlgan Qozoq (Qirg'iz) Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi bilan adashtirib yubormang.
Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi (Qirgʻiziston ASSR, Qirgʻiz ASSR) () RSFSR tarkibidagi avtonom respublika boʻlib, 1926—1936-yillarda mavjud boʻlgan.
Poytaxti – Pishpek shahri. 1926-yil 12-mayda SSSR Markaziy ijroiya qoʻmitasi prezidiumi shahar nomini Frunze deb oʻzgartirdi (1925-yil oktyabrda vafot etgan pishpeklik M. V. Frunze xotirasiga).
Tarixi Qirgʻiziston ASSR 1926-yil 1-fevralda Qirgʻiz avtonom viloyati negizida tashkil etilgan.
1934-yil 20-avgustda Butunrossiya Markaziy ijroiya qoʻmitasi prezidiumi respublikaning yangi tumanlarga boʻlinishini tasdiqladi. Postanovlenie VTsIK ot 20.08.1934.
Yangi „Stalinistik“ konstitutsiyaning qabul qilinishi bilan – 1936-yil 5-dekabrda Qirgʻiziston ASSR Qirgʻiziston SSRga aylantirildi.
1941-yilda SSSR Sovet Qirgʻizistonning 15 yilligiga bagʻishlab bir qator markalar chiqardi.
Adabiyotlar
Trudi pervoy konferensii po izucheniyu proizvoditelnix sil Kirgizskoy ASSR. L.: Izd-vo AN SSSR, 1934.
Manbalar
Turkum:Qirgʻiziston tarixi Turkum:RSFSR avtonom respublikalari Turkum:SSSR