Ziyo jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida joylashgan. Masjid 1992-yilda hashar yoʻli bilan qurilgan. Masjid dastlab 1998-yil 7-avgustda Oltin Oʻrda masjidi nomi bilan, 2020-yil 23-dekabrda esa Ziyo nomi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 1000 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid binosi 2019-yilda qayta taʼmirlangan.

Manbalar

Turkum:Sirdaryo viloyatidagi masjidlar