Zubdatunniso begim (; 1651-yil 2-sentyabr – 1707-yil 17-fevral) – Boburiylar malikasi, imperator Avrangzeb va uning rafiqasi Dilrasbonu begimning uchinchi qizi.

Hayoti Zubdatunniso begim 1651-yil 2-sentyabrda Multan shahrida tugʻilgan. Uning otasi Avrangzeb oʻsha paytda shahzoda boʻlgan, onasi Dilrasbonu begim hisoblanadi. U yaxshi taʼlim olgan. Zubdatunniso islom taʼlimotlari haqida chuqur bilimga ega boʻlgan.

Zubdatunniso oʻzining birinchi amakivachchasi shahzoda Sipihr Shikohga 1673-yil 30-yanvarda turmushga chiqadi, u amakisi, valiahd shahzoda Dara Shikoh va uning xolasi Nodirabonu begimning uchinchi oʻgʻli edi. Unga 400 000 rupiy miqdorida nikoh puli beriladi. Hamidabonu begim toʻyni uyushtirgan. 1676-yilda Zubdat Shahzoda Ali Tabar ismli oʻgʻil tugʻadi, lekin bola tugʻilgandan keyin olti oy oʻtgach vafot etadi.

Zubdatunniso 1707-yil 17-fevralda, otasining vafotidan bir oy oldin vafot etdi.

Ajdodlari

Manbalar

Turkum:1707-yilda vafot etganlar Turkum:1651-yilda tugʻilganlar Turkum:Boburiy malikalar