Marida binti Shabib (, vaf. 820-yillar) Abbosiy xalifasi Horun ar-Rashidning sevimli ummu valadi va Abbosiylar xalifasi Muʼtasimning onasi.

Biografiyasi

Marida taxminan 793/795-yillarda haramga qabul qilingan. Marida kanizak boʻlishiga qadar Abbosiylar xonadonida ulgʻaygan. Marida qul boʻlib, musulmon oilasiga mansub edi. Oila aʼzolarining barchasi qullar edi.

Marida Kufada tugʻilgan. Uning oilasi Soʻgʻddan koʻchib kelgan boʻlib, kelib chiqishi turkiylarga borib taqaladi.

Maridaning otasining ismi Shabib. U Zubayda Horunga sovgʻa qilgan oʻn nafar kanizakdan biri edi. Besh nafar farzandi boʻlgan. Ular Abu Isʼhoq (boʻlajak xalifa Muʼtasim), Abu Ismoil, Ummu Habib va yana ikkitasining ismi nomaʼlum. Marida Horunning sevimli kanizagi boʻlgan.

Oʻgʻli Muhammad, boʻlajak xalifa Muʼtasim, Bagʻdoddagi Xuld saroyida tugʻilgan. Tugʻilgan sanasi aniq emas. Tarixchi Tabariyning maʼlumotlarida hijriy 180-yil shaʼbon oyi (796-yil oktyabr) yoki 179-yil (796-yil bahori yoki avvalroq) koʻrsatilgan.

Marida Horun ar-Rashidning beshta farzand dunyoga keltirgan yagona ummu valadi edi. Boshqa ummu valadlar bunday martabaga erisha olmagan.

Marida hayotining katta qismini xalifaning haramida oʻtkazgan. Horun ar-Rashid katta oʻgʻillarini oʻziga merosxoʻr etib tayinlagani uchun Maridaning oʻgʻillari merosxoʻrlar roʻyxatida emas edi. Biroq, Maridaning katta oʻgʻli Abu Isʼhoq xalifa Maʼmun vafotidan soʻng xalifalik taxtiga chiqadi. Oʻlim toʻshagida yotgan Maʼmun Abu Isʼhoqni oʻziga merosxoʻr etib tayinlagan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:780-yillarda tugʻilganlar Turkum:820-yillarda vafot etganlar Turkum:Abbosiylar xalifaligi kanizaklari Turkum:Horun ar-Rashid Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr ayollari Turkum:8-asr qullari Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan qullar Turkum:Kufalik kishilar Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr shaxslari Turkum:Abbosiy xalifalarning onalari