Muhammadali Roʻziyevich Aliqulov (; 14-mart 1997-yil, Qashqadaryo) – Oʻzbekistonlik futbolchi. Oʻzbekistonning Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etuvchi „Mashʼal“ jamoasida markaziy himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati Muhammadali futboldagi bilimlarini Mashʼal futbol akademiyasida olgan. 2016-2017-yilgi mavsumlarda Muborakning „Mashʼal“ jamoasining farm jamoasi „Mashʼal-2“ jamoasida oʻynagan. 2018-yilgi mavsumda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubi tarkibida Oʻzbekiston Pro A ligasida oʻynagan. 2019-yilgi mavsumda Muborakka qaytdi va asosiy jamoa, „Mashʼal“ klubi tarkibida oʻynashni boshlagan. 2019-yilgi mavsumda klubning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi va Pro liga gʻolibi boʻishida katta hissa qoʻshdi. Muborak jamoasi uch mavsum oʻynaganidan soʻng 2022-yilgi mavsum oldidan Bekobodning „Metallurg“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Bekobod jamoasida ikki mavsum davomida oʻynagan va Oʻzbekiston Superligasi msuoboqasida 30 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2023-yilgi mavsum yakunida bir necha Koreya ligasi jamoalari tomonida Aliqulovga qiziqish mavjudligi toʻgʻrisida OAVda maʼlumotlar tarqaldi. 2024-yil yanvar oyida Kareya K 2 ligasida ishtirok etuvchi „Busan IPark“ jamosi bilan shartnoma imzolagan.
2024-yil Busan IPark klubida yarim mavsum oʻynaganidan soʻng 5-iyulda Key liga-2ning yetakchi jamoalaridan biri "Jeonnam Dragons" jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Yutuqlar
Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2019
Shaxsiy hayot Muhammadali Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning „Çaykur Rizespor“ klubi aʼzosi Husniddin Aliqulovning akasidir. Husniddin ham akasi kabi markaziy himoyada oʻynaydi.
Manbalar
Havolalar
Muhammadali Aliqulov OʻzPFL saytida
Muhammadali Aliqulov Transfermarkt saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi murabbiylari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Busan IPark futbolchilari Turkum:Jeonnam Dragons futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:K liga 2 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Janubiy Koreyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar