The Calling - Los Anjeles, Kaliforniyada tashkil topgan rock guruh. Guruhning asoschilari Alex Band (vokal) va Aaron Kamin (gitara).
Karyera Guruh tuzganlaridan keyin Band va Kamin RCA kompaniyasi bilan shartnoma imzolaydilar. Guruh ijod jihatidan rivojlanganida Sean Woolstenhulme (3 mart 1981-yilda t., Gilbert, Arizona) (gitara), Billy Mohler (bas) va Nate Wood (3 oktabr 1979-yilda t., Laguna Beach, California) (barabanlar) qoʻshiladilar va The Calling'ning birinchi albomini yozadilar. 2001-yil iyulda chiqqan Camino Palmero albomi hitga aylanadi, shu albomdan boʻlgan "Wherever You Will Go" singli birinchi marta Smallville televizion seriali birinchi mavsumining ikkinchi epizodi - Metamorphosis ohirida taqdim etiladi. Band va Kamin (Wood, Woolstenhulme va Mohler'larsiz) 2004-yilning iyunida "Two" albomi bilan qaytishadi. 2005-yilning iyunida esa guruh tarqalib ketadi. Band jurnalistlarga oʻzi yakkahon ijod qilmoqchi ekanligini aytadi.
Shaxslar Hozirgi tarkib Alex Band Aaron Kamin
Sobiq tarkib Sean Woolstenhulme - Gitara/Bek-vokal Billy Mohler - Bas-gitara Nate Wood - Barabanlar/Bek-vokal
Turdagi musiqachilar Justin Derrico - Gitara Daniel Damico - Gitara/Bek-vokal Corey Britz - Bas-gitara/Bek-vokal Justin Meyer - Barabanlar
Diskografiya Albomlar Camino Palmero (2001) #36 AQSH, #12 Buyuk Britaniya, #8 Italiya Oltin Two (2004) #54 AQSH, #9 Buyuk Britaniya, #20 Italiya
Singllar
Yil Nomi Chartdagi eng yuqori pogʻonasi Albom AQSH Avstraliya Buyuk Britaniya Italiya 2002 "Wherever You Will Go" #5 #5 #3 #1 Camino Palmero 2002 "Adrienne" - - #18 #15 Camino Palmero 2002 "Could It Be Any Harder" - - - #22 Camino Palmero 2003 "For You" - - - #19 Daredevil filmiga saundtrek 2004 "Our Lives" - - #13 #30 Two 2004 "Things Will Go My Way" - - #34 - Two 2004 "Anything" - - - - Two
Faktlar "Wherever You Will Go" UPN tomonidan 2001-yilda Star Trek: Enterprisening reklamalarida ishlatilgan; koʻrsatuv premeyerasida bu trek kirish musiqasi edi. 2001-yilda, The Calling Live in the X Lounge IV hayriya albomi uchun "Wherever You Will Go" qoʻshiqligini jonli versiyasini ijro etadilar. "Wherever You Will Go" Love Actually filmining saundtrekida ishlatilgan. Mashhur sketch komediyaviy TV koʻrsatuv Mad TV "Wherever You Will Go" videosini parodiya qilib The Calling, Creed, Pearl Jam va Ray Charles naqadar oʻxshashligini koʻrsatadi. Guruh "Wherever You Will Go" qoʻshigʻini Coyote Ugly filmida Violet xoʻjayinini qidirib klubga kelgan paytida va Kevinni birinchi marta koʻrganida ijro etishadi. "For You" qoʻshigʻi DareDevil filmimning saunndtrekidir. The Calling Baffi - vampirlar istilochisi filmining bir lavhasida koʻrinishgan.
Havolalar The Calling guruhining rasmiy sayti The Calling matnlari
Turkum:Musiqa Turkum:MTV Europe Music Award sovrindorlari