Xolidiya oroli ( Jazīrat al-Xāldiyat, Jazira al-Xaldiya, Jazeera Xaldiya, Jazira al-Xalidiya, Xalediya oroli) daryo yarim oroli va Iroq markazidagi Al-Anbar muhofazotida joylashgan aholi punkti.
Geografiyasi
Xolidiya oroli Furot daryosining shimoliy qirgʻogʻida suv halqasi ichida joylashganJazirah al-Khaldiyah, Wikimapia. Orol Habbaniyaning shimoli-gʻarbiy qismida, Malahame va Malahma qishloqlarining gʻarbiy qismida, Albu Balining sharqida va Xolidiya shahridan shimoli-sharqda joylashgan boʻlib, shu shahar nomi bilan nomlangan. Baarayn qishlogʻi shimoli-gʻarbda joylashgan. Xolidiya oroli hududida ham qishloqlar mavjud.
Tarixi
Anbar hujumi paytida Iroq armiyasi va uning ittifoqchilari yanvar va fevral oylaridagi janglardan keyin 2016-yilning mart oyida hududni IShIDdan ozod qilishni boshladiAnbar Operations start liberating Khalidiya Island, Iraqinews.com. Hududda qarshilik mavjudligi sababli, armiya 2016-yil 25-may kuni yangi hujum boshladiAnbar Operations announces starting Khalidiya Island liberation operation, Iraqinews.com. 2-iyun kuni Iroq rasmiysi xalqaro koalitsiyaning Xolidiya oroliga havo hujumlari chog‘ida IShIDning „o‘nlab“ jangarilari o‘ldirilgani haqida xabar berdiCoalition forces conduct air raids on ISIS positions in Khalediya Island east of Ramadi, Iraqinews.com. 31-iyul kuni Anbar muhofazoti kengashi orol IShID nazoratidan to‘liq ozod qilinganini ma’lum qildiKhalidiya island fully liberated, informs Anbar Council, Iraqinews.com. Ichki ishlar vazirligi avgust oyi boshida Iroq kuchlari Xolidiya orolining 150 km2dan ortigʻini IShIDdan tortib olgani va ularning 180 dan ortiq aʼzosi oʻldirilgani haqida eʼlon qildiInterior Ministry achieves success in Khalidiya liberation, Iraqinews.com. Xolidiya oroli qoʻlga kiritilgach, Iroq kuchlari qidiruv ishlarini olib borib, avgust oyi oʻrtalarigacha 700dan ortiq IShID aʼzosi oʻldirilgani eʼlon qilindi700 ISIS fighters killed in Khalidiya Island liberation battles, Iraqinews.com. 20-avgustga kelib Anbar operatsiyalari qo‘mondoni Ismoil Mahlaviy ham Iroq kuchlari IShIDning mintaqadagi so‘nggi tayanchi bo‘lmish Albu Kan’on ustidan nazoratni qo‘lga kiritgach, hudud to‘liq ozod qilinganini ma’lum qildiMahlawi announces full liberalization of Khalidiya Island, Iraqinews.com. 27-avgust kuni Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Xolidiya oroli toʻliq ozod qilingani va bu hududdagi harbiy amaliyotlar yakuniga yetganini aytdiKhalidiya fully liberated, says Abadi, Iraqinews.com (28 August 2016)Iraq fully liberates Daesh-held Khalidiya island: PM, Iraqinews.com (28 August 2016). Badr tashkiloti bosh kotibi Hadi al-Ameriyga ko‘ra, operatsiyada 1200 nafar jangari yo‘q qilinganOver 1,200 ISIS members killed in Khalidiya says Ameri, Iraqinews.com (28 August 2016).
Manbalar
Turkum:Al-Anbar muhofazotidagi aholi manzilgholari Turkum:Furot daryosi sohilidagi aholi manzilgohlari