thumb|350x350px| Qizamiq bilan kasallangan bolaning og'zida Koplik dog'lari "qizil fonda tuz donalari"ga o'xshab ko'rinadi. Koplik dog'lari (Koplik belgisi) qizamiqning prodromik virusli enantemasi bo'lib, qizamiq toshmasidan ikki-uch kun oldin namoyon bo'ladi. Ular lunj shilliq qavatida (pastki 1 va 2- molyar tishlarga qarama-qarshi) to'p-to'p bo'lib joylashadi, oq rangli atrofi qizil halqa bilan o'ralgan zararlanishlar sifatida tavsiflanadi. Qizamiq kasalligini erta tashxislash uchun xos belgi hisoblanadi. Koplik dog'larining darslikdagi tavsifi nekroz, neytrofil ekssudat va neovaskulyarizatsiya bilan ajralib turadigan shilliq qavatdagi dog'lardir. Robbins and Cotran. "Infectious Diseases." Pathologic Basis of Disease. 7th ed. 2005. Print. Ular "qizil fondagi tuz donalari" Steichen O, Dautheville S (2009). "Koplik spots in early measles". CMAJ. 180 (5): 583. doi:10.1503/cmaj.080724. ISSN 0820-3946. PMC 2645467. PMID 19255085. kabi ko'rinadi va makulopapulyar toshma paydo bo'lishi bilan tez-tez so'na boshlaydi. Ularning diagnostik ahamiyati bilan bir qatorda epidemiyalarni nazorat qilishda ham muhim ahamiyatga ega. Tashxis qo'yilgan vaqtida, ular maksimal infeksiyalanishdan oldin paydo bo'lishi kelajakdagi kontaktlarni izolyatsiya qilish imkonini beradi va bu o'ta yuqumli kasallik bilan kurashishga katta yordam beradi.
Qizamiq virusini birinchi bo'lib ajratgan Nobel mukofoti laureati Jon F. Enders va Tomas Piblez Koplik dog'lari ko'rsatilgan bemorlardan o'z namunalarini ehtiyotkorlik bilan yig'ishgan.
Tarixi Koplik dog'lari amerikalik pediatr Genri Koplik (1858-1927) sharafiga nomlangan, u 1896 yilda ularning qisqacha tavsifini e'lon qilib, ularning teri toshmasidan oldingi ko'rinishini va qizamiq bilan xato qilish mumkin bo'lgan kasalliklarning differentsial tashxisidagi ahamiyatini ta'kidlagan. Baxby, Derrick (July 1997). "Classic Paper: The diagnosis of the invasion of measles from a study of the exanthema as it appears on the buccal mucous membrane". Reviews in Medical Virology. 7 (2): 71–74. doi:10.1002/(SICI)1099-1654(199707)7:2<71::AID-RMV185>3.0.CO;2-S. PMID 10398471. S2CID 42670134. U dog'lar bo'yicha yana ikkita maqola chop etdi, shu jumladan rangli rasmli. Koplikning "Chaqaloq va bolalar kasalliklari" asarining anonim sharhlovchisi tasvirni "hozirgi mashhur rangli plastinka" deb ataydi.
Manbalar
Qo'shimcha o'qish
Tashqi havolalar
Erta qizamiqdagi Koplik dog'lari - Kanada Tibbiyot Assotsiatsiyasi jurnali