Kingdom Arena (Al-Mamlakah Arena) (), () Dastlab (Boulevard Hall), Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida joylashgan futbol stadioni. Stadion oʻzining futbol oʻyinlarida 30 000 tomoshabinni sigʻdira oladi va maxsus trosslar bilam tortilgan tom qismiga ega. 2023-yil sentabr oyida Kingdom Holding kompaniyasi stadionni Al Hilol SFC jamoasiga uy stadion sifatida boshqarish huquqini berdi.
Tarix Kingdom Arena 180 kun ichida qurilgan va 30 000 dan ortiq odamni, shu jumladan 20 ta hashamatli koʻngilochar muhlislar joylarini sigʻdira oladi. U tortiladigan tomga va markazga osilgan toʻrt tomonlama moslangan video ekranga ham ega.
Stadionda oʻtkaziladigan birinchi futbol oʻyini 2024-yilning 29-yanvarida „Al Hilol“ va „Inter Miami CF“ oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyini boʻlib, „Al Hilol“ 4:3 hisobida gʻalaba qozongan.
2024-yil 8-fevral kunida Kingdom Arena dunyodagi eng katta yopiq futbol stadioni va yopiq stadion uchun eng yuqori sigʻimliligi boʻyicha Ginnesning ikkita rekordlar kitobiga kiritildi.
Voqealar
Boks
2023-yil 28-oktyabr – Tayson Fyuri Frensis Ngannuga qarshi 2023-yil 23-dekabr – Entoni Joshua Otto Uollinga qarshi 2024-yil 8-mart – Entoni Joshua Frensis Ngannuga qarshi 2024-yil 18-may – Tayson Fyuri Aleksandr Usikka qarshi
Aralash jang sanʼatlari
2024-yil 24-fevral – PFL Bellatorga qarshi 2024-yil 22-iyun – UFC Fight Night 244
Futbol oʻyinlari
2024-yil 29-yanvar – „Al Hilol“ – „Inter Mayami“ 2024-yil 8-fevral – „Al Hilol“ – „Al Nassr“
Yana qarang
Ar-Riyod mavsumi Bulvar dunyosi Bulvar shahri
Manbalar
Turkum:Saudiya Arabistoni stadionlari