Amirxon Umarov (1995-yil 21-yanvar, Toshkent shahri, Oʻzbekiston) boshlovchi, „Oltin kabutar“ kabi kichik mukofotlar sohibi “Makon” online telekanali direktori va asoschisi.

Biografiyasi Amirxon Umarov 1995-yil 21-yanvar kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. Onasi Oʻzbekiston Milliy teleradio kompaniyasida rejissyor sifatida ish olib borgan. Otasi „Toshkent Oliy Umumqoʻshin qoʻmondonlik“ bilim yurti polkovnik lavozimida ishlagan. Umarov dastlab Toshkent shahridagi 227-maktabini, soʻngra Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejini bitirgan. Oliy taʼlimni „Oʻzbekiston Jurnalistika va Ommaviy kommunikatsiyalar universiteti“da olgan. “Alfraganus” univetsiteti ambassadori va magistratura bosqichi talabasi.

“Makon” online telekanali rahbari, tasischisi.Tijoriy asosan bat reklamalarda ishtirok etgan.

Mukofotlari „Oltin kabutar“ mukofoti, „MY5 awards“ mukofoti, „Tahsin“ mukofoti, „Oʻzbekiston belgisi“ nishoni sohibi, „Yoshlar eʼtirofi mukofoti“ bilan taqdirlangan.

Tanqidlar Amirxon Umarov 2021-yil Booknomy bilan bogʻliq mashmashaga aralashib qolgan.Ammo boshlovchi anglashmovchilik boʻlganini aytdi.Shuningdek 2020-yilda "Straus house" reklamasini faol targ'ib qilishi ortidan ko'plab odamlar firibgarlar tuzog'iga tushib qolishiga sabab bo'lgan

Manbalar

Havolalar Umarov Instagramda Amirxon Umarov Telegramda

Turkum:Oʻzbekistonlik blogerlar Turkum:Oltin qalam milliy mukofoti sohiblari