Guano Apes — alternativ rok stilida ijod qiluvchi kvartet. Guruh 1994-yili Göttingenda tashkil topgan.
Tarix 1994 - 2005 Guano Apes 1994-yili Germaniyaning Göttingen shahrida, gitarachi Henning Rümenapp, baschi Stefan Ude va barabanchi Dennis Poschwatta tomonidan tashkil topdi. Keyinroq, shu yilning oʻzida guruhga vokalchi Sandra Nasić qoʻshiladi. Guruhning karyerasi 1996-yilda "Open Your Eyes" qoʻshigʻi bilan mahalliy guruhlar tortishuvida gʻalaba qozonganlaridan boshlandi. Qoʻshiq ularning birinchi va eng muvaffaqiyatli singli boʻladi va 1997-yili debyut albomi Proud Like a Goddan keyin chiqariladi. Shuningdek, "Open Your Eyes" Warren Millerning filmi "Ellik" (1999)da ishlatiladi.
2000-yilda Guano Apes oʻzligining ikkinchi albomi - Don't Give Me Namesni chiqarishadi. "Big in Japan" (Alphaville'ga kaver) va "No Speech" singllari efirda juda koʻp qoʻyiladi va albom Germaniyada oltinlik unvoniga erishadi. Walking on a Thin Line 2003-yilda relizlanadi va "Quietly" hit-singlini dunyoga keltiradi. Guruh eng yaxshi qoʻshiqlari terilgan Planet of the Apes albomining relizi va 2005-yilning fevralida tugagan yakuniy turidan soʻng tarqalib ketadi.
Guano Apes'dan soʻng Guruh parchalanib ketganidan keyin, Lost (T)apes albomi relizlanadi. Bu albom 1994-1995-yillarda yozilgan ammo keng ommaga taqdim etilmagan demo yozuvlarni oʻz ichiga olardi.
Dennis Poschwatta yangi guruh - Tamotoda gitara chaladi va vokalda turadi. Stefan Ude ham Tamoto'ning debyut albomining yozilishida ishtirok etadi. Henning Rümenapp koʻproq 'sahna ortida' ishlamoqda. Sandra Nasic yakkahon albom ustida ishlamoqda.
Guruh ishtirokchilari Sandra Nasić - vokal Henning Rümenapp - gitara Stefan Ude - bas Dennis Poschwatta - barabanlar, vokal
Diskografiya Albomlar
1997 — Proud Like A God 2000 — Don't Give Me Names 2003 — Walking On A Thin Line 2003 — Guano Apes Live 2005 — Planet of the Apes: Best of Guano Apes (terma albom) 2006 — Lost (T)apes
Singllar
1997 - "Open Your Eyes" 1998 - "Rain" 1998 - "Lords Of The Boards" 1999 - "Don't You Turn Your Back On Me " 2000 - "Big In Japan" 2000 - "No Speech" 2000 - "Living In A Lie" 2001 - "Dödel Up" 2001 - "Kumba Yo!" (Michael Mittermeier bilan birgalikda) 2003 - "You Can't Stop Me" 2003 - "Pretty In Scarlet" 2003 - "Quietly" 2004 - "Break The Line"
Mukofotlar Proud Like A God uchun "Kometa Proud Like A God va Don't Give Me Names uchun ECHO MTV Music Award (2001) Guano Apes eng yaxshi guruh va Sandra Nasić eng yaxshi qoʻshiqchi deb topilganligi uchun "Eins Live Krone"
Havolalar Rasmiy sayt Nemis fan-sayti Guano Apes matnlari
Turkum:Alternative rock guruhlar Turkum:MTV Europe Music Award sovrindorlari