Eron milliy sotsialistik ishchilar partiyasi (), SUMKA qisqartma () nomi bilan mashhur. Erondagi neonatsistlar partiyasi. Partiyaning ramzi Faravahar.

Tashkil etilishi Partiya 1951-yilda Dovud MonshizodaMONCHI-ZADEH, DAVOUD. tomonidan tuzilgan. Ushbu partiya Eron universitetlarida kichik bazalarga ega boʻlgan. Shoh Muhammad Rizo Pahlaviyning tanqidchilari daʼvolariga koʻra u bir paytlar SUMKAni bevosita moliyalashtirganHussein Fardust, The Rise and Fall of the Pahlavi Dynasty: Memoirs of Former General Hussein, p. 62.

Rivojlanishi Monshizoda 1952-yilda Morteza Kossarian bilan birga SUMKAni tuzgan. Monshizoda 1937-yildan beri Germaniyada yashab kelgan va Berlin jangida qatnashib yaralangan sobiq SS aʼzosi boʻlgan. Kiev va Stalingrad janglarida qatnashgan va yaralangan. Monshizade Myunxendagi Lyudvig Maksimilian universiteti professori ham boʻlgan. Xose Ortega Gasset falsafasiga juda qiziqqan. SUMKA qisqa vaqt ichida Erondagi yosh millatchilarni, keyinchalik mamlakatda mashhur boʻlgan Doriush Homayyunni oʻz safiga qoʻshdiHussein Fardust, The Rise and Fall of the Pahlavi Dynasty: Memoirs of Former General Hussein, p. 62. SUMKAning formalarida svastika va qora koʻylakdan foydalanilganHoma Katouzian, Musaddiq and the Struggle for Power in Iran, I. B. Tauris, 1990, p. 89.

Ular qisqa vaqtda Muhammad Musaddiq hukumatiga qatʼiy qarshilik koʻrsatgan holda muxolifat tashkil etishgan. 1953-yilda ushbu partiya azolari Muhammad Rizo Pahlaviy saroyi tomon yoʻl olgan zohidiy tarafdorlarining katta qismini tashkil qilgan. Ular Mossaddiqni hokimiyatdan agʻdarish talabi bilan yurishganMark J. Gasiorowski, 'The 1953 Coup D’etat in Iranʼ, International Journal of Middle East Studies, Vol.. Partiya Mossadegh va Tudeh partiyasi tarafdorlariga qarshi koʻchalarda zoʻravonliklar uyushtirishgan.

Guruhi hamle Partiyada Hujum guruhi (guruhi hamle) deb atalgan guruh ham mavjud boʻlgan. Bu guruh Eronning kommunistik Tude partiyasi aʼzolariga, Tehrondagi Sovet madaniyat markazi va Vengriya savdo idorasiga hujum uyushtirgan. Guruh azolari soni 100 nafarni tashkil qilgan. Eron Harbiy-havo kuchlarining isteʼfodagi ofitseri polkovnik Fateh boʻlinmani tayyorlash uchun mas’ul boʻlgan.

Moddiy manbalari Polkovnik Fateh SUMKAning rasmiy homiysi boʻlgan. 1953-yili Erondagi davlat toʻntarishidan soʻng politsiya va boshqa xavfsizlik idoralaridan oylik 2500 Eron riali miqdorida moliyaviy koʻmak olib turgan. 1958-yilda Monshizoda AQShga borish uchun SAVAKdan (Davlat Razvedka Xizmati) 7000 AQSh dollari olgan. Partiyani Eronda joylashgan xorijiy elchixonalar moliyalashtirgan boʻlishi mumkin degan taxminlar ham mavjud. 1952-yil aprel oyida Eron politsiyasi Monshizoda moliyaviy yordam olish uchun Britaniya elchixonasi bilan aloqa oʻrnatishga intilayotgani haqida xabar bergan.

Hozirgi kunda Eronda hozirgi kunda neonatsist partiyalarining faoliyati faol emas, ammo natsizm tarafdorlari Eronda mavjud. Bunday toifadagilar asosan Internetda SUMKA kabi guruhlarning faoliyatini qayta tiklash gʻoyalarini olgʻa surgan holda chatlarda faol. Galereya

Manbalar

Turkum:Siyosiy partiyalar