Luka Vadimovich Zgurskiy (; 2005-yil 5-dekabr, Rossiya) – Rossiyalik futbolchi, Qozogʻistonning Turon jamoasida hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi
Futbolchilik faoliyati Luka 10 yoshigacha „Svestopol“ futbol maktabida taxsil olgan. Keyinchalik Moskvaning „SSKA“ jamoasi akademiyasiga oʻtgan va taʼlimni SSKA yoshlar jamoasida davom ettirgan. 2021-2022-yilgi mavsumda, yoshlar ligasi musoboqasida 24 oʻyinda 18 ta gol muallifi boʻlgan. Navbatdagi 2022-2023-yilgi mavsumda 22 oʻyinda 16 gol muallifi boʻlgan.
2024-yil qishgi mavsum yigʻinlarida Oʻzbekiston Superligasi vakili „Andijon“ jamoasidan taklif tushdi va 23-fevralda erkin agent sifatida 3 yillik shartnoma imzoladi.
Milliy terma jamoa Zgurskiy Rossiy ayoshlar terma jamoasi tarkibida 2 ta oʻyin oʻtkazgan va debtut oʻyini 2023-yil Buxoroda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan.
Yutuqlar
Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2024
Manbalar
Havolalar
Luka Zgurskiy OʻzPFL saytida
Luka Zgurskiy Transfermarkt saytida
Turkum:5-dekabrda tugʻilganlar Turkum:2005-yilda tugʻilganlar Turkum:yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC CSKA-2 Moskva futbolchilari Turkum:PFK SSKA Moskva futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:FC Turan futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi jamoalari Turkum:Rossiyalik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar