„Oʻrik gullaganda“ – shoir Hamid Olimjon tomonidan yozilgan mashhur sheʼr. Sheʼr koʻplab taniqli oʻzbek xonandalari tomonidan ijro etilgan boʻlib, musiqa va soʻzlari bahor ramziga aylangan. Tarixi 1937-yilning mart oyida Hamid Olimjon Oʻzbekiston SSRning hukumat delegatsiyasi tarkibida Qozogʻistonga borgan. U yerda tashkil etilgan tantanali tadbirda ishtirok etib, tadbir davomida „Qozogʻiston“ nomli mashhur sheʼrini yozgan va tadbir ishtirokchilariga oʻqib bergan. Hamid Olimjon Qozogʻistonda boʻlib turgan vaqtda, respublikaning oʻsha vaqtdagi poytaxti – Olmaota shahri qalin qor ostida qolgan edi. Mart oyi oxirlarida Toshkentga qaytgan shoir, hovlisiga ekilgan oʻrikning gullaganiga guvoh boʻlgan va mashhur „Oʻrik gullaganda“ sheʼrini yozgan.

Sheʼr „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasining 1937-yil 5-aprel sonida ilk bor eʼlon qilingan.

Ijro etilishi Sheʼrni ilk bor qoʻshiq qilib kuylaganlardan biri Muhabbat Shamayevadir. Qoʻshiq, shuningdek, Nasiba Abdullayeva, Malika Egamberdiyeva kabi taniqli xonandalar tomonidan ham ijro etilgan. Musiqasi mashhur kompazitor Manas Leviyevga tegishlidir.

Matni +Derazamning oldida bir tupOʻrik oppoq boʻlib gulladi…Novdalarni bezab gʻunchalar,Tongda aytdi hayot otini

Va shabboda qurgʻur ilk saharOlib ketdi gulning totini.Har bahorda shu boʻlar takror,Har bahor ham shunday oʻtadi,

Qancha tirishsam ham u beorYellar meni aldab ketadi.Mayli, deyman va qilmayman gʻash,Xayolimni gulga oʻrayman;

Har bahorga chiqqanda yakkash,Baxtim bormi, deya soʻrayman.Yuzlarimni silab, siypalab,Baxting bor, deb esadi ellar.

Etgan kabi goʻyo bir talab,Baxting bor, deb qushlar chiyillar…Hamma narsa meni qarshilar,Har bir kurtak menga soʻylar roz,

Men yurganda bogʻlarga toʻlarFaqat baxtni maqtagan ovoz:„Mana senga olam-olam gul,Etagingga siqqanicha ol“,

Bunda tole har narsadan moʻl,To oʻlguncha shu oʻlkada qol.Umrida hech gul koʻrmay, yigʻlabOʻtganlarning haqqi ham senda,

Har bahorni yigʻlab qarshilabKetganlarning haqqi ham senda…Derazamning oldida bir tupOʻrik oppoq boʻlib gulladi…

Manbalar

Turkum:Hamid Olimjon sheʼrlari Turkum:Sheʼrlar