Zahariy Knyazevich Kalashov (, ; 20-mart 1953-yilda tugʻilgan) – „Yosh Shakro“ (Shakro Molodoy) laqabli, rossiyalik mafiya boshligʻi, taniqli gangster va qonun oʻgʻrisi, rus mafiyalarining eng koʻzga koʻringan aʼzolaridan biri hisoblanadi.
Tarix Qoʻshma Shtatlar federal hukumatiga koʻra, Kalashov „Birodarlar doirasi“ deb nomlanuvchi jinoiy sindikatning „asosiy aʼzosi“ hisoblanadi. 2005-yil iyun oyida Ispaniya hukumati „Birodarlar doirasi“ning 30 nafar aʼzosini nishonga olgan „Asp“ operatsiyasini boshlagan va natijada 800 ta bank hisoblari, hashamatli villalar va avtomobillar musodara qilindi. Kalashov Birlashgan Arab Amirliklariga qochib ketgan va u yerda 2006-yilda hibsga olingan. Zahariy oʻsha davrda Rossiyadan tashqarida hibsga olingan rus mafiyasining eng yuqori martabali aʼzosi hisoblangan. Keyinchalik u Ispaniyaga ekstraditsiya qilingan va 2009-yilda pul yuvish va reketlikda aybdor deb topilgan. 2010-yil iyun oyida Zahariy yetti yarim yilga qamoq jazosiga hukm qilingan va sud tomonidan unga 20 million yevro miqdorida jarima solingan. 2011-yilda uning jazosi toʻqqiz yilga koʻpaydi va jarima 22,5 million yevrogacha oshirilgan.
2010-yil sentyabr oyida Ispaniya sudi Kalashovni Gruziyaga ekstraditsiya qilishni maʼqulladi, u yerda Zahariy odam oʻgʻirlash va boshqa jinoyatlarda sirtdan aybdor deb topilib, 18 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Unga ekstraditsiya boʻyicha Ispaniya Oliy sudiga shikoyat qilishga ruxsat berildi. Nega sud uni jazoni oʻtash uchun Gruziyaga ekstraditsiya qilish oʻrniga fuqaroligi ham bor Rossiyaga joʻnatgani nomaʼlum edi. U 2014-yil 29-oktyabr kuni Moskvaga qaytib keldi va u yerda qoʻyib yuborilishidan oldin Rossiya Ichki ishlar vazirligining Jinoyat qidiruv departamentida „profilaktik“ uchrashuv oʻtkazish uchun uchrashgani xabar qilingandi.
Yana qarang
Gruziyadagi yazidiylar
Manbalar
Turkum:20-martda tugʻilganlar Turkum:1953-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Tbilisida tugʻilganlar Turkum:Qonundagi oʻgʻrilar Turkum:Rossiya uyushgan jinoiy guruhlari rahbarlari va aʼzolari Turkum:Rossiya jinoyatchilari Turkum:SSSR jinoyatchilari Turkum:Rossiya jinoyat rahbarlari Turkum:Rossiya gangsterlari