30 Seconds to Mars (inglizchadan tarjimasi: „Marsgacha 30 soniya“)1998-yilda Los Angeles shahrida tuzilgan amerikalik rock guruhdir. 2007-yildan beri guruh Jared Leto (vokal, ritm gitara, shoir), Shannon Leto (dovul, perkussiya) va Tomo Miličević (bosh gitara, klavish) lardan iborat. Matt Wachter (hozir Angels & Airwaves tarkibida) 2007-yili guruhdan ketganindan keyin Tim Kelleher bas gitarachi boʻlib vaqtincha qoʻshildi, 2009-yili esa guruhga konsert sayohati uchun Braxton Olita klavishchi qilib olindi. Shuningdek, guruhda oldin gitarachilar Solon Bixler (hozir Great Northern tarkibida) va Kevin Drake (hozir Polaroid Kiss tarkibida) ijro etishgan.
Shu kunga qadar 30 Seconds to Mars uchta studiya albomi – 30 Seconds to Mars (2002), A Beautiful Lie (2005), This Is War (2009) va uchta mini-albom – AOL Sessions Undercover (2007), To the Edge of the Earth (2008) va MTV Unplugged: 30 Seconds to Mars (2011) chiqargan.
30 Seconds to Mars musiqasi progressive rock, progressive metal va post-grunge janrlariga xos, deyiladi, biroq ular shuningdek screamo, emo, space rock, synth rock va post-hardcore janrlarida ham ijod etishadi. Ularni falsafiy ashulalari, tajribaviy musiqalari uchun Pink Floyd va Tool guruhlariga qiyoslashadi.
Tarkib Hozirgi tarkib Jared Leto - vokal, ritm-gitara (1998-bugun) Tomo Miličević - bosh gitara (2003-bugun) Shannon Leto - barabanlar (1998-bugun)
Sobiq tarkib Matt Wachter - bas, klavishlar (2001-2007) Solon Bixler - gitara (2001-2003) Kevin Drake - gitara (2001-2002)
Turda Tim Kelleher - bas (2007-bugun)
Diskografiya
Albomlar 30 Seconds to Mars (2002) A Beautiful Lie (2005) This Is War (2009) Love, Lust, Faith and Dreams (2013) America (2018) It's the End of the World but It's a Beautiful Day (2023)
Singllar Capricorn (A Brand New Name) (2002) Edge of the Earth (2003) Attack (2005) The Kill (2006) From Yesterday (2006) A Beautiful Lie (2007) Kings and Queens (2009) This Is War (2010) Closer to the Edge (2010) Hurricane (2010) Up in the Air (2013) Do or Die (2013) City of Angels (2013) Walk on Water (2017) Dangerous Night (2018) Rescue Me (2018)
Manbalar
Havolalar 30 Seconds to Mars guruhining rasmiy sayti
Turkum:Alternative metal guruhlar Turkum:MTV Europe Music Award sovrindorlari