Chokto (inglizcha: Choktaw, oʻzlarini Chahta deb nomlashadi) – Amerika Qoʻshma Shtatlarining tub aholisi. Choktolar tarixan janubi-sharqda (hozirgi Missisipi, Alabama va Luiziana hududlarida) yashagan. Chokto nomi baʼzan xato tarzida Choktau, Choktavilar deb ham ataladi.

Etimologiyasi Chokto nomining kelib chiqishi (transliteratsiya variantlari: Chatha, Chactas, Chato, Tchakta, Chocktaw) ispancha „chato“ yaʼni tekis soʻzidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi, ammo John Swanton fikriga koʻra, ushbu nom qabila boshliqlaridan birining ismi boʻlgan.

Millat tarixi left|thumb| Pushmataxa – choktolar sardori va AQSh generali, 1824-yil, Smithson Amerika sanʼati muzeyi Choktolar Missisipi daryosi vodiysidagi Missisipi madaniyatining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Tarixchi Walter Williamsning fikriga koʻra, Shimoliy Amerikaning birinchi ispan kolonizatorlari choktolar bilan uchrashishgan. Chokto millati ilk marotaba 1675-yilgi fransuz yozma manbalarida tilga olingan.

thumb| „Chokto qabilasi goʻzali“1850-yil, rassom P. Roumer. XIX asrda Chokto qabilasi Yevropa mustamlakachilarining koʻplab madaniy va texnologik yutuqlarini oʻzlashtirgan 5 sivilizatsiyalashgan qabilaning biri sifatida mashhurlikka erishadi.

Chokto qabilalarining kichik guruhlari Alabama, Luiziana va Texas shtatlarida istiqomat qilishiga qaramay, faqatgina Oklaxomadagi Chotkolar millati va Missisipi chokto-indeyslarigina rasmiy tan olingan.

AQSh mustaqillik urushi davrida Choktolarning katta qismi AQSh tarafdorlarini qoʻllab-quvvatlagan. Choktolar AQShni 1812-yilgi urush davrida ham, Krik urushi (Qizil tayoqlar urushi), xususan Yangi Orlean jangida ham qoʻllab-quvvatlaydi. Manbalar

Turkum:Millatlar