Oʻnta negr bolasi — 2015-yilda efirga namoyish etilgan detektiv televizion serial. Uch qismdan iborat boʻlgan bu serial ingliz yozuvchisi Agatha Christiening 1939-yilda yozilgan „Oʻnta negr bolasi“ nomli romaniga asoslangan. Bu televizion serial Sarah Phelps tomonidan qayta ishlangan va Craig Viveiros tomonidan suratga olingan. Filmda bir-biriga aloqasi boʻlmagan bir guruh begona kishilarning orolga taklif etilishi va oʻtmishdagi jinoyatlari sababli oʻldirilishi kuzatiladi. Ushbu film 6 milliondan ortiq tomoshabinga taqdim etilgan va film tanqidchilari tomonidan yuqori baholangan.
Syujeti 1939-yil avgust oyining oxirgi issiq kunlarida sakkizta bir-biriga begona boʻlgan kishi „Oven va uning xotini“ tomonidan Angliyaning Devon shahri sohilidan uzoqroqda joylashgan kichik orolga taklif etiladi. Mehmonlar oroldagi uyda er-xotin xizmatkorlar Tomas va Ethel Rogerslar bilan uy egasi boʻlmagan payti birga yashashadi.
Kechki ovqat paytida ular markazdagi oʻnta kichkina abstrakt haykallarni koʻrishadi. Keyinchalik, Tomas Rogeers gramafonni yoqqanida undagi ovoz barcha mehmonlarni qotillikda ayblaydi. Bundan koʻp oʻtmay, mehmonlarning biri zaharlanishdan vafot etadi, keyin ikkinchisi va uchinchilari ham. Har birining oʻldirilishi bilan bir vaqtda oʻz markazidan bir haykal olib tashlanadi. Qotil kimligi noaniq va qolgan odamlar vaqt ketmasdan oldin qotilning kimligini topishlari kerak boʻladi lekin topishning iloji boʻlmaydi. Shunday qilib, hammasi oʻldirilgandan keyin orolda hech kim qolmaydi.
Manbalar
Havolalar
Oʻnta negr bolasi seriali BBC Onlineda Oʻnta negr bolasi seriali Rotten Tomatoesda
Turkum:Angliyada suratga olingan filmlar Turkum:Detektiv filmlar