Vadim Nikolayevich Strelsov (; 30-aprel 1986-yil, Gavrilinka qishlogʻi Kostyukovich tumani, Mogilyov) — 94 kg gacha vazn toifasida musobaqalarda qatnashgan belaruslik ogʻir atletikachi,2015-yilgi jahon chempioni, Olimpiya oʻyinlari kumush medali sohibi (2016), Belarus Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi (2016). 2019-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sohibi.

Tarjimai holi Vadim Strelsov 1986-yilning 30-aprelida Mogilev viloyati, Kostyukovichi tumani, Gavrilinka qishlogʻida tugʻilgan. A.A.Kuleshov nomidagi Mogilyov Davlat Universitetining Jismoniy tarbiya fakultetini 2013-yilda tamomlagan. Hozirgi payta Belarus ogʻir atletika terma jamoasida sportchi-instruktor vazifasida faoliyat yuritmoqda. Faoliyati 2006-yilda Strelsov jahon miqyosida debyut qildi va Guanchjouda boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 85 kg gacha vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2007-yilda Chiang Mayda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida xuddi shu toifada bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2008-yilda Vadim Pekindagi Olimpiadada qatnashgan. Lekin uchta urinishda ham 170 kg toshni koʻtara olmagan.

2015-yilda Vadim Hyustonda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 94 kg vazn toifasida gʻolib chiqdi. 2016-yilda xuddi shu vazn toifasida Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada jami 395 kg toshni koʻtarib, kumush medalni qoʻlga kiritdi.

2019-yil 4-dekabr kuni IWF qozogʻistonlik ogʻir atletikachi Vladimir Sedovning 2008—2016-yillardagi barcha unvonlarini rasman bekor qildi va shu sababli Vadim Strelsov 2014-yilgi jahon chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Natijalari YilMusobaqaOʻtkazilish joyiVazn toifasiDast koʻtarishSiltab koʻtarishJamiOʻrin 2005 Yoshlar oʻrtasida jahon chempionati Pusan −85 kg 168 kg 195 kg 363 kg 2006 Yoshlar oʻrtasida jahon chempionati Guanchjou −85 kg 170 kg 205 kg 375 kg Jahon chempionati Santo-domingo −85 kg 170 kg 195 kg 365 kg 5 2007 Jahon chempionati Chiangmay −85 kg 170 kg 200 kg 370 kg 2008 Olimpiya oʻyinlari Pekin −85 kg — — — — 2010 Jahon chempionati Antalya −94 kg 175 kg 205 kg 380 kg 10 2011 Jahon chempionati Parij −85 kg 163 kg 196 kg 359 kg 13 2013 Jahon chempionati Vrotslav −94 kg 167 kg 215 kg 382 kg 6 2014 Jahon chempionati Olmaota 94 kg 176 kg 216 kg 392 kg 2015Jahon chempionati Hyuston −94 kg 175 kg 230 kg 405 kg 2016Olimpiya oʻyinlari Rio-de-Janeyro −94 kg 175 kg 220 kg 395 kg

Siyosiy qarashlari Vadim Strelsov 2020-yilda Belarusdagi noroziliklar bostirilganidan keyin mamlakatning amaldagi hukumatini qoʻllab-quvvatlovchi sport arboblarining ochiq xatiga imzo chekdi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:30-aprelda tugʻilganlar Turkum:Belarus sportchilari Turkum:Ogʻir atletikachilar Turkum:Mogilyovda tugʻilganlar