Look Away — 2018-yilda suratga olingan Kanada psixologik dahshatli drama filmi. Film oʻzining dahshatli koʻzgu tasviri bilan oʻrnini almashtirganda hayoti tubdan oʻzgarib ketgan oʻrta maktab oʻquvchisi Maria haqida hikoya qiladi. Filmning ssenariy muallifi va rejissyori Assaf Bernstaindir. Bosh rollarni India Eisley, Mira Sorvino va Jason Isaacs ijro etgan.

Syujeti 17 yoshli Maria Brennan sodda va tortinchoq oʻrta maktab oʻquvchisi boʻlib, tengdoshlari uni masxara qilishar va sinfdoshi Mark tomonidan haqoratlanardi. Uning yagona doʻsti — Lily. Shuningdek, uni Lilyning sevgilisi Shonga nisbatan yashirincha tuygʻulari bor edi. Uning otasi Dan — filander plastik jarroh va obsesif perfektsionist, onasi Amy esa depressiya va dahshatli tushlardan aziyat chekardi.

Mariya tasodifan egizaklarning sonogrammasini topadi. Hammomda uning aksi oʻz-oʻzidan harakatlana boshlaydi, bu Mariani dahshatga soladi. Ertasi kuni ertalab u ota-onasi bilan buni muhokama qilishga harakat qiladi. Biroq, ular uni gapirishga qoʻyishmaydi.

Marianing aksi oʻzining hayotga qaytishini orzu qilib, u bilan gaplasha boshlaydi, oʻzini Airam deb tanishtiradi va Mariaga qaygʻusini baham koʻrishini va tushkunlikka tushmasligini aytadi. Airam xarizmatik, qatʼiyatli va ishonchli boʻladi. Maria uning kimligini soʻraydi va Airam shunchaki har doim shu yerda boʻlganligini aytadi.

Lily Mariani rejalashtirilayotgan muz ustidagi qishki bitiruv uchun konkida uchish darsiga olib boradi, lekin Maria sirgʻalib, oʻrnidan turolmaganidan soʻng, Lily uni mazax qilib, muz ustida tashlab ketadi. Nihoyat, bitiruv marosimi boshlanadi, Maria bitiruv kechasida Mark tomonidan kamsitiladi va jismoniy hujumga uchraydi. Bu voqealardan qattiq xafa boʻlgan Maria Airamni topish uchun hammomga kiradi. Ularning kaftlari va lablari bir-biriga tegib, joylarni almashtirishadi.

Rollarda

Yaratilishi 2016-yil avgust oyida, suratga olish boshlanishidan va film tugallanib, ekranga chiqarilishidan ikki yildan koʻproq vaqt oldin, Variety filmni Behind the Glass nomi ostida suratga olinishi haqida xabar bergan. Rejissor Assaf Bernsteinning Shimoliy Amerika birinchi filmi boʻlgan Look Away filmiga Bernstein, Giora „Gig“ Kaplan, Brad Kaplan va Dana Lustig prodyuserlik qilgan. Filmning suratga olish ishlari Manitoba shtatining winnipeg shahrida boʻlib oʻtgan.

Namoyish etilishi Film 2018-yil 12-oktyabrda ilk bor ommaga taqdim etilgan, ommaviy axborot videolari savdosidan 13 592 dollar daromad koʻrgan.

Tanqidiy qabul Film odatda salbiy tanqidlarni olgan. „Rotten Tomatoes“da film 17 foiz tanqidchilarning ijobiy baholariga ega boʻlib, oʻrtacha reyting 4,5/10 natijani koʻrsatgan. Los Angeles Times gazetasi muxbiri Noel Murray soʻzlariga koʻra, „surat juda sekin, kayfiyat esa juda xira boʻlgan“. Baʼzi ijobiy sharhlar ham mavjud boʻlib, Without Your Headning muxbiri Michael J. Epstein, bu film „syujet faqat oʻz asosining munosib kengaytmasi emas, balki mavzuga asoslangan quvonch, oʻsmirlarning jozibador koʻrinishidan ancha jiddiyroq va aqlliroq edi“ deb taʼrif bergan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Kanada filmlari Turkum:Dahshatli filmlar Turkum:2018-yil filmlari