Prekmurska gibanica (Prekmurje qatlamli pirojnoyesi) — sloven gibanicasi yoki qatlamli pishiriqning bir turi. Uning tarkibida koʻknori urugʻi, yongʻoq, olma, mayiz va kvark kabi mahsulotlar mavjud. Prekmurjeda mashhur boʻlgan bu yegulik Sloveniyaning milliy mahsulotiga aylanib ulgurgan. Noyob shirinlik bu mintaqadagi qishloq xoʻjaligining xilma-xill hayot tarzini oʻzida namoyon etadi. Gibanica nomi guba dialekt iborasidan kelib chiqqan va pishiriqdagi burmalarga ishora qiladi.
Tarixi Asrlar davomida prekmurska gibanica Prekmurje hududida bayramona taom va turli marosimlar uchun maxsus pishiriladigan shirinlik sifatida tayyorlanib kelingan. Retseptning aniq kelib chiqishi maʼlum emas. Ilk manbalar uning retsepti asrlar davomida rivojlanganligini koʻrsatadi. József Kossics tomonidan saqlanib qolingan eng qadimgi hujjat: Croaten und Wenden in Ungern kitobida (1828) yozilishicha, Sloveniyada toʻy hech qachon gibanikasiz (Prekmurje lahjasi: gostüvanje) oʻtkazilmasligi aytiladi. Taomning tayyorlanilishi quyidagicha amalga oshiriladi: „Xamir yupqa holatda yoyiladi, mayda toʻgʻralgan karam, sholgʻom yoki kvark aralashtirilib, yoyilgan xamir ustiga sepiladi. Uning usti boshqa bir yupqa qilib yoyilgan ikkinchi xamir qatlami bilan qoplanadi, soʻngra avvalgi jarayon qaytarilib, 10 yoki 11 ta qatlam hosil qilinadi. Natijada tort koʻrinishidagi pishiriq hosil boʻladi“Taste Slovenia. Bogataj Janez, 2007. Rokus Gifts. .
Sloveniya Prekmurska gibanica taomiga egalik qilishi uchun 2006-yil Yevropa kunida, Yevropa Ittifoqiga Avstriyaning Café Europe nomli madaniy tashabbusidagi taklifiga binoan tanlangan. 2010-yil mart oyidan beri prekmurska gibanica Yevropa Ittifoqida anʼanaviy mutaxassislik kafolat taomi sifatida himoyalanganPrekmurska gibanica — Profile, European Commission (Accessed 2021).
Yana qarang
Međimurska gibanica: oddiyroq retseptdan foydalangan holda, Xorvatiyaning qoʻshni mintaqasidan olingan, shunga oʻxshash, ammo kamroq tayyorlanilagan gibanica turi Sloveniya oshxonasi Manbalar
Havolalar
Prekmurska gibanica retsepti: http://www.food.com/recipe/slovenian-traditional-prekmurska-gibanica-412339 Turkum:Prekmuje Turkum:Sloveniya pishiriqlari