Bangkok Arena (), ilgari Bangkok Futzal Arena nomi bilan atalgan, Tailand, Bangkokning Nong Chok tumanida joylashgan yopiq sport arenasi. Arena sigʻimi 12 000 tomoshabinga moʻljallangan boʻlib, 2012-yilda futzal boʻyicha FIFA Jahon chempionati uchun arena qurilishi 2012-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan edi, biroq 2011-yilda Tailanddagi suv toshqinlari tufayli qurilish oʻz vaqtida tugatilmagan. Arena nihoyat 2015-yilda, 2015-yilgi AFF futzal chempionati vaqtida ochilgan. Kutilayotgan foydalanishdagi oʻzgarishlar ichida kontsertlar, basketbol, futzal va voleybolni oʻz ichiga oladi.

Tarix Xalqaro futbol federatsiyasi 2010-yil 18-mart kuni Tailandni Futzal boʻyicha 2012-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilishga qaror qildi. 2011-yil may oyida Abhisit hukumati ushbu stadionni qurish uchun 1,239 million baht miqdoridagi byudjetni tasdiqlagan

Arena tafsilotlari Stadion tashqi koʻrinishi yopiq stadion uslubi boʻlib, maydonni boshqa tadbirlarda ham foydalnishga moslab qurilgan. Stadionning kengligi 116 metr, uzunligi 132 metr, 5 qavatli amfiteatr, balandligi 25 metr (tomi 34 metr balandlikda) 12 ming tomoshabinga moʻljallangan. Binoning oʻlchami 10 rai, umumiy foydalanish maydoni taxminan 30 000 kvadrat metrni tashkil qiladi.

Arxitektura xususiyatlari gul naqshlarini uygʻunlashtirib, Kranok naqshining ustunlari va tomlari bilan arxitektura tushunchalarining boshlanishi edi.

Manbalar

Havolalar

Arena haqida maʼlumot Qurilish boʻyicha FIFA maqolasi Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Tailanddagi yopiq arenalar Turkum:Bangkokdagi sport maydonlari Turkum:Tailanddagi basketbol maydonlari