Dnevnik.ru () — Rossiyaning taʼlim texnologiyalari sohasidagi AT kompaniyasi. Kompaniya oʻz bayonotlariga koʻra oʻqituvchilar, talabalar, ota-onalar va davlat organlari uchun yagona elektron taʼlim muhitini ishlab chiqaradi.

Tarixi Kompaniya 2007-yilda Gavriil Levi va Aleksandr Zubkovhttps://www.crunchbase.com/organization/dnevnik-ru tomonidan tashkil etilgan. 2011-yilda Prostor Capital venchur investitsiya fondidan 1,7 million dollar sarmoya olgan. 2012-yilda esa ushbu kompaniyaga Runa Capital fondi 5 million dollar sarmoya kiritgan. Bosh ofisi Sankt-Peterburgda joylashgan. 2013-yil holatiga koʻra, Rossiya Federatsiyasida 28 000 ga yaqin maktab platformaga ulangan. Rossiyaning koʻplab mintaqalarida „Gosuslugi“ portalida bolaning rivojlanishi toʻgʻrisida maʼlumot olish davlat xizmati Dnevnik.ru orqali amalga oshiriladi va platformada avtorizatsiya „Gosuslugi“ portalining foydalanuvchi hisobi yordamida amalga oshiriladi.

2019-yil Oʻzbekistonda portalning muqobili sifatida „Kundalik.com“ (hozirda eMaktab.uz) portali ishga tushirilgan.

Manbalar

Havolalar

Rasmiy sayt

Turkum:Saytlar Turkum:Rossiya saytlari Turkum:Raqamli taʼlim platformalari