Shohona tashrif () — 1988-yilda John Landis tomonidan suratga olingan, Eddie Murphyning roli va hikoyasiga asoslangan romantik komediya film. Film 1988-yil 29-iyunda AQSHda namoyish etilgan.

Syujeti Afrikaning boy davlati Zamunda valiahd shahzodasi Akeem Joffer oʻzining hayotidan koʻngli toʻlmaydi. Uning ota-onasi, qirol Jaffe va qirolicha Aoleon unga kelin sovgʻa qilindi, lekin Akeemga bu qilgan ishlari yoqmaydi va malikasini mustaqil tanlashni qaror qiladi. Akeem va uning eng yaqin doʻsti Semmi Nyu-Yorkning Kvins tumaniga sayohat qilishadi.

Ularni mahalliy aholi tomonidan xayriya yigʻish uchun mitingga taklif qilishadi. Akeem mitingda barcha fazilatlarga ega boʻlgan Lizani koʻradi va uni sevib qoladi. Akeem va Semmi Liza bilan tanishish uchun uni otasining mahalliy fastfud restoranida ishlash uchun ishga kirishadi.

Semmi oʻziga qulay kelmaydigan joyda yashashni yoqtirmaydi, shuning uchun u Jafferlarga koʻproq pul uchun telegraf yuboradi. Ular esa Akeem Semmini topish uchun Kvinsga kelishadi. Qirol va qirolicha Kvinsga kelib Lizaning ota-onasi bilan tanishadi. Ular Lizaga oʻgʻliga rafiqa boʻlolmasligini aytishadi. Liza Akeemdan haqiqatni aytmagani uchun xafa boʻladi. Akeem qirollikka qaytishga majbur boʻladi.

Toʻy paytida Akeem Lizani kelin libosida kirib kelganidan hayratlanadi va ular birga boʻlishadi.

Rollarda Eddie Murphy — Zamunda qirolligi valiaxti Akeem Joffer; Arsenio Hall — Semmi, Akeemning doʻsti; James Earl Jones — Zamunda qiroli Jaffe Joffer, Akeemning otasi; John Amos — Cleo McDowell, Lizaning otasi; Madge Sinclair — Zamunda qirolichasi Aoleon Joffer, Akeemning onasi; Shari Headley — Liza McDowell, Akeemning sevgilisi;

Manbalar

Turkum:1988-yil filmlari Turkum:Paramount Pictures filmlari Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:1988-yil kinokomediyalari