Kevin Antonio Joel Gislain Mirallas y Castillo () — 1987-yil 5-oktabrda tugʻilgan belgiyalik futbolchi. Maydonda chap qanot hujumchisi sifatida harakatlanadi. Everton va Belgiya terma jamoa safidagi oʻyinlari bilan mashhurlikga erishgan.

Klubdagi faoliyati Kevin Mirallas Standart klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, lekin oʻzining ilk proffesional uchrashuvini Lille klubida oʻtkazadi. Ushbu klub safida 2004-yildan 2008-yilgacha ishtirok etgan. Bu vaqt mobaynida 95 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 marotaba raqib darvozasini ishgʻol etishga muvaffaq boʻlgan.

2008-yildan boshlab futbolchi boshqa bir fransuz klubi sharafini himoya qilishni boshlaydi. Kevin Sent-etyen bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaydi. 2 yildan soʻng ijara asosida Gretsiyaning Olympiacos klubiga koʻchib oʻtadi. Ushbu davr ichida Kevin 69 ta oʻyinda 5 marotaba gol urishga erishadi.

2010-yilning 15-iyulida Grek klubida oʻzining debyut oʻyinini oʻtkazadi. Ushbu uchrashuvda klub UEFA Yevropa Ligasi doirasida Besa klubini 5:0 hisobida magʻlub etadi. Mirallas oʻzining birinchi golini 2-oktabr 2010-yili Volos klubiga qarshi kiritadi. Debyut mavsumida 14 ta gol kiritib toʻpurarlar roʻyxatida faqatgina Djibril Cissé dan ortda qoladi. Shuningdek u Gretsiya chempioniga aylanadi. 2011—2012-yilgi mavsumda 20 ta gol kiritgan holda Gretsiya chempionatining eng yaxshi toʻpurariga aylanadi hamda Gretsiya chempionligini va Chempionat kubogi kabi sovrinlarni qoʻlga kiritadi. Mavsum yakuniga koʻra, Kevin „Chempionatning eng yaxshi oʻyinchisi“ unvoniga sazovor boʻladi.

2012-yil 19-avgust kuni Everton klubi Kevin bilan toʻrt yillik shartnoma tuzganini eʼlon qildi. 25-Avgust kuni Aston Villaga qarshi oʻyinda Kevin yangi klubidagi debyutini oʻtkazadi. 22-Sentabrdagi Swansea Cityga qarshi oʻyinda u ilk golini uradi.

2014—2015 mavsumdan boshlab u kam maydonga tushishni boshlaydi. Shunga qaramasdan 7 ta gol urishga muvaffaq boʻladi. 2015-yilning yozida klub bilan shartnomani 2019-yilgacha uzaytiradi.

2017—2018 mavsumning qishki transferlar oynasida futbolchi Olympiacos klubiga ijara asosida qaytadi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Belgiyalik erkak futbolchilar