2024-yil 1-mayda Kanadaning Loblaw oziq-ovqat supermarket tarmogʻiga qarshi bir oylik boykot boshlandi. Boykot Reddit hamjamiyati r/loblawsisoutofcontrol tomonidan amalga oshirilgan va keyinchalik Loblawga qarshi boykotlar narxlarning koʻtarilishi sabab butun mamlakat boʻylab tarqalgan.
Boykot kanadalik isteʼmolchilarni Loblawga tegishli doʻkonlarda xarid qilishdan voz kechishga va uning oʻrniga mahalliy doʻkonlardan mahsulot sotib olishga chaqirish orqali Loblawga oziq-ovqat narxlarini pasaytirish va Kanada oziq-ovqat mahsulotlarini sotish qoidalariga boʻysunishi uchun bosim oʻtkazish maqsadida qilingan.
Tarixi Loblaw Kanadadagi eng yirik supermarketlar tarmogʻi boʻlib, Loblaws, Atlantic Superstore, Joe Fresh, No Frills, No Name, Presidentʼs Choice, Shoppers Drug Mart, Dominion Stores va boshqa shu kabi bir qancha doʻkon va brendlarga egalik qiladi. 2020-yillar boshida inflyatsiyaning oʻsishi batijasida tarmoq katta foyda olishni boshladi, buni 2022-yilning uchinchi chorak natijalarida oʻtgan yilga nisbatan foydaning 30% ga oshganidan ham bilsa boʻladi. Loblawning keyingi chorakdagi foydasi oziq-ovqat narxlarini bir vaqtning oʻzida katta miqdorda koʻtarilishi ortidan oshgan. 2022-yil oxirida Dalhousie Universiteti tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, Loblawning yillik daromadi boshqa ikkita yirik tarmoq boʻlmish Metro va Sobeysning oʻrtacha yillik foydasi qoʻshilmasidan ham yuqoriroq boʻlgan. Bu holat tanqidchilar tomonidan, Loblaw „oziq-ovqat narxi soʻnggi 40 yilda eng tez sur’atda oshib borayotgan bir paytda foyda koʻrayotdganligi“ uchun „ochkoʻzlik“da ayblangan. Tadqiqot Loblawning soʻnggi besh yildagi oʻrtacha va individual yillik koʻrsatkichlarini ham oʻz ichiga olgan edi.
2024-yil fevral oyi boshida Loblaw „pandemiyadan foydalanib qolish va ochkoʻzlik“ ayblovi bilan tergov qilinishi soʻralgan onlayn petitsiya yaratilgan va 100 000 dan ortiq imzo toʻplangan.
Boykot 2023-yil oktyabr-noyabr oylarida Ontario shtatining Milton shahridan boʻlgan ruhiy kasalliklar shifokori Emily Johnson r/loblawsisoutofcontrol nomli Reddit hamjamiyatini tashkil qilgan va hamjamiyat qisqa vaqt ichida minglab Kanadaning oziq ovqat doʻkonlaridagi, xususan, Loblawsdagi narxlardan norozilarni oʻziga jalb qila boshlagan. 2024-yil yanvar oyida Loblaws oʻz doʻkonlarida muddati oʻtishiga oz qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish uchun chegirmali narxlarni sezilarli tushirgandan soʻng, hamjamiyat tezlik bilan mashhurlikka erishgan va 2024-yilning may oyi davomida Loblawga qarshi boykot kampaniyasini tashkil qila boshlagan. Oy soʻnggiga kelib, harakat Kanadadagi xaridorlar orasida mashhurlikka erishadi va Reddit hamjamiyati boykot boshlanganidan keyin 60 000 nafardan ortiq aʼzoga koʻpayadi.
2024-yil 1-mayda Loblaw va uning tarmoqlariga qarshi keng qamrovda boykot boshlanadi. Boykot kanadalik isteʼmolchilarni Loblawga tegishli boʻlgan oziq-ovqat doʻkonlarida xarid qilishdan tiyilishga, uning oʻrniga kichik biznes boʻlmish mahalliy doʻkonlardan xarid qilishga chaqiradi. Boykotning maqsadi Loblawga oziq-ovqat narxlarini 15 foizga pasaytirishi uchun bosim oʻtkazish va Kanadaning oziq-ovqat mahsulotlarini sotish qoidalarini imzolashiga majbur qilishdan iborat edi.
Boykot boshlangan kuni Loblaw 2024-yilning birinchi choragida 13.58 milliard dollar va sotuvning 459 million dollari sof foyda boʻlganligi, bu miqdor otgan yilga solishtirganda foydaning 9,8% ga va sotuvning 4,5% ga oshganini maʼlum boʻlgan.
„Loblawsdan oʻgirlash kuni“ 2024-yil aprel oyi oʻrtalarida Toronto va Atlantik Kanadada 2024-yil 12-may sanasi „birinchi yilgi Loblawsdan oʻgʻirlash kuni“ boʻlishiga doir anonim plakatlar oʻrnatilgan. Plakatlarga qoʻshimcha ravishda Loblawga tegishli doʻkonlarning bir nechta logotiplari joylashtirilgan. Reddit guruhi tashkilotchilari afishalar ularning boykotiga aloqasi yoʻqligini ochiq eʼlon qilishgan.
Taʼsiri Boykotning dastlabki ikki kunida kanadaliklar Loblaw doʻkonlari atrofida doimgidan kamroq tirbandlik yuzaga kelganini aytishgan, baʼzi videolarda Loblaw tomonidan boshqariladigan doʻkonlarning deyarli boʻsh holatga kelib qolganligi koʻrsatilgan.
Boykotning boshida Loblaw uni tashkil qilishda ishtirok etganlar bilan bogʻlanishga harakat qilgan. 2024-yil 3-mayda r/loblawsisoutofcontrol yaratuvchisi Johnson Loblaw kompaniyasining bosh direktori va prezidenti Per Bank bilan uchrashib, u bilan „xaridorlarning tashvishlari va savollari“ xususida oʻrtoqlashgan.
Manbalar
Turkum:2024-yil may oyida sodir boʻlgan voqealar