Azov-Don savdo banki () – Rossiya imperiyasining eng yirik aksiyadorlik tijorat banklaridan biri, boshqaruvi Taganrog (1871—1903) va Sankt-Peterburgda (1903—1917) joylashgan.

Tarixi 1871-yil Taganrogda tashkil etilgan. Bank ustavi 1871-yil 12 (24)-iyunda Taganrogda Aleksandr II tomonidan tasdiqlangan. Bankning asosiy kapitali dastlab 3 million rubl miqdorida belgilandi va har biri 250 rubldan 12 ming aksiyaga taqsimlandi; taʼsischilar oʻzaro aksiyalarni taqsimlash va boshqa shaxslarni ishtirok etishga taklif qilish huquqiga ega edilar (§ 4). 20 yildan ortiq vaqt davomida eng katta aksiyalar paketi Polyakovlar urugʻiga – aka-uka Yakov va Samuilga, shuningdek ularga yaqin shaxslarga tegishli ediMorozan V. V. Deyatelnost Azovsko-Donskogo kommercheskogo banka na Yuge Rossii v konse XIX v..

thumb|left|180px|Bank reklamasi, 1907-yil Bank savdoni kreditlash va ssudalar taqdim etish bilan shugʻillangan. 1883-yilda bir qator muvaffaqiyatsiz moliyaviy operatsiyalar natijasida yetkazilgan zararni qoplash uchun ustav kapitalini 3 million rubldan 2 milliongacha kamaytirishga majbur boʻldi. Tegishli qaror 1883-yil 13 (25)-iyunda eng yuqori organ tomonidan qabul qilingan. Keyinchalik bank oʻz faoliyatini sezilarli darajada yaxshilashga muvaffaq boʻldi va 1890-yillarning oʻrtalariga kelib u eng yirik hududiy bankka aylandi, 1890-yillarning oxiriga kelib mamlakatning eng yirik beshta bankidan biriga aylandi.

Asosiy aksiyadorlardan biri Yakov Polyakov tashabbusi bilan Azov-Don banki va Sankt-Peterburg moliya muassasalari oʻrtasida operativ vositachilikni taʼminlash maqsadida 1888-yildan kechiktirmay Sankt-Peterburg-Azov savdo banki tashkil etildi. 1903-yilda Sankt-Peterburg-Azov bankining toʻlovga layoqatsizligidan faoliyatini toʻxtatganligi sababli Azov-Don banki boshqaruvi Sankt-Peterburgga koʻchirildi. Dastlab, bankning Sankt-Peterburgdagi direktorlar kengashi Nevskiy prospekti, 26-binoda joylashgan edi, lekin 1907—1913-yillarda bankning oʻz binosi Morskaya koʻchasi, 5-binoda qurildi. 1900-yillarda bank qora va rangli metallurgiya, koʻmir sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarishdagi koʻplab sanoat korxonalari ustidan nazorat oʻrnatdi.

thumb|left|180px|Azov-Don bankining yacheykalari bilan toʻla zal, 1913-yil 1912-yilda Peterburg xalqaro banki guruhiga qoʻshildi.1912—1913-yillarda Azov-Don banki Parijdagi shimoliy mamlakatlar bankining (Banque des pays du Nord) katta ulushini sotib oldi.

1917-yilga kelib bankning Rossiyada 70 ta filiali bor edi va ustav kapitali (60 million rubl) boʻyicha Tashqi savdo uchun rus banki hamda Petrograd xalqaro tijorat banklari bilan birga Rossiyada 1-oʻrinni egalladi.

Oktyabr inqilobidan keyin boshqa xususiy banklar bilan birgalikda Sovet Rossiyasi hududida Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining 1917-yil 14-dekabrdagi farmoni bilan Rossiya Respublikasi Davlat bankiga qoʻshilish yoʻli bilan tugatildi (milliylashtirildi). Xalq Komissarlari Kengashining 1918-yil 23-yanvardagi qarori bilan bankning ustav kapitali boshqa xususiy banklarning ustav kapitali bilan bir qatorda Rossiya Respublikasi Davlat banki foydasiga musodara qilindi (ISBN t. 1 otsutstvuet. Privyazano k: Dekreti sovetskoy vlasti: [mnogotomnik]. M., 1957—1997.).

Rahbariyati Boshqaruv raislari 1907—1908-yillar: Aleksandr Bogdanovich NentselRukovodstvo banka v 1907 godu – sm. Ves Peterburg na 1907 god. – S. 1176.V 1908 godu I. Ye. Repinim bil napisan portret A. B. Nentselya. 1910—1917-yillar: Boris Abramovich Kamenka. Kengash raisi Mixail Mixaylovich FyodorovDelovaya elita Rossii 1914 g..

Binosi thumb|left|180px|Bankning Luganskdagi filiali binosi thumb|right|180px|Bankning Orenburgdagi filiali binosi thumb|180px|Bankning Kirovoy Rogdagi filiali binosi

Bankning Sankt-Peterburg, Xarkov, Odessa, Astraxan, Lugansk, Suxumidagi binolar saqlanib qolgan va meʼmoriy yodgorliklar hisoblanadi. Bank filiallari asli shved boʻlgan peterburglik meʼmor F. I. Lidval tomonidan loyihalashtirilgan. Sankt-Peterburgdagi bank binosining jabhasi Ikkinchi oʻzaro kredit jamiyati binosiga oʻxshashtib qilingan. Binoning jabhasi shlyapa bezaklari bilan bezatilgan, kompozitsiyaga haykaltaroshlik barelyeflari, gulchambarlar va vazalar kiritilgan (haykaltarosh V. V. Kuznetsov). Fasad kulrang granit bilan qoplangan. 1912-yilda xuddi shunday kompozitsion dizaynga ega ikkinchi bino qurildi. 1912-yil fasad tanlovida Lidval binosi eng yaxshi deb oltin medalga sazovor boʻldi.

Manbalar

Adabiyotlar Morozan V. V. Deyatelnost Azovsko-Donskogo kommercheskogo banka na Yuge Rossii v konse XIX v. Rossiya i mir: ekonomicheskaya konʼyunktura 1911—1914 gg. Iz dokladov pravleniya Azovsko-Donskogo banka sobraniyu aksionerov

Turkum:Rossiya imperiyasi banklari Turkum:Rossiya imperiyasida moliya va kredit Turkum:1871-yilda tashkil etilgan banklar Turkum:1917-yilda tugatilgan banklar Turkum:Taganrog tarixi Turkum:Sankt-Peterburg tarixi