Ingrid Alberini (; 1978-yil 11-sentyabr, Guastalla, Emilia-Romagna)— italiyalik qoʻshiqchi, kompozitor, aranjirovkachi. In-Grid taxallusi bilan ijod qiladi. Faoliyati davomida Yevropa va Markaziy Osiyoda xalqaro muvaffaqiyatlarga erishgan. Varnada boʻladigan Discovery xalqaro musiqa festivali ishtirokchisi. 2003-yildagi „ZD Awards“ xit-paradi natijalariga koʻra, Rossiya va MDHdagi eng mashhur xorijiy qoʻshiqchilar roʻyxatida Madonna va Robbie Williamsdan keyin 3-oʻrinni egallagan. Hayoti Bolaligi va ijod yoʻlining boshlanishi Ingrid Alberini Italiyaning shimolida tugʻilgan. Ota-onasi uning ismini otasining sevimli aktrisasi boʻlgan shved kino aktrisasi Ingrid Bergman sharafiga qoʻyishgan. Ota-onasi Emilia-Romagna viloyatida joylashgan, Parma yaqinidagi klassik va zamonaviy italyan musiqasining beshigi hisoblangan Guastalla shahridagi kinoteatrga egalik qilishgan.

In-Grid bolaligida koʻplab filmlarni tomosha qilgan, uning fikricha, bu esa uning qoʻshiqchi boʻlishida sababchi boʻlgan muhim omil edi. Qoʻshiqchi rassomlik, aktyorlik va qoʻshiq aytish bilan shugʻullanadi va tez orada musiqa oʻzini namoyon qilishning eng kuchli shakli ekanligini anglaydi. In-Grid bolaligidanoq shon-shuhratga oʻrganib qolgan boʻlib, maktab yillarida gitara chalib, tez-tez muxlislariga dastxatlar berard. In-Grid vatanida oʻn yildan ziyodroq qoʻshiq kuylagan. Sahna oldida noyob ovozi bilan kuylashi koʻplab musiqa prodyuserlarining eʼtiborini tortadi.

Faoliyati 1994-yilda In-Grid Sanremo musiqa festivalining mintaqaviy tanlovida gʻolib chiqadi. Tanlovda gʻolib chiqqanidan keyin xonanda turli tadbirlar va uchrashuvlarga (Monte-Karloda Ferrari uchuvchilari uchun, Tokioda Discografica Avex firmasiga) mehmon sifatida taklif qilina boshlanadi. Musiqa prodyuserlari Larry Pignagnoli va Marco Soncini qoʻshiqchiga hamkorlikda ishlashni taklif qilishadi. In-Grid Yevropa va Rossiyadagi koʻplab chartlarda yuqori pogʻonalarini egallagan Tu Es Foutu singlini yozgan. Xonandaning Rendéz-Vous debyut albomi ham xuddi shunday muvaffaqiyat qozongan, albomdan In-Tango, Shock va Ah l’amour l’amour kabi qoʻshiqlar joy olgandi. Albom koʻplab musiqa sertifikatlariga, shu jumladan Rossiyada beshta platinali disk sertifikatiga ega. Tu Es Foutu qoʻshigʻi Avstraliya, Meksika, Chexiya, Gretsiya, Ruminiya va Rossiyada oltin sertifikatlarga, Meksika, Polsha va Ukrainada platina sertifikatiga ega boʻlgan. Ingrid uchta raqs albomi, ikkita chill-out albomi va turli singllarni, shuningdek, boshqa qoʻshiqichilar bilan birgalikda bir qator qoʻshma loyihalarni chiqargan.

2009-yilda qoʻshiqchi Yurmaladagi Dzintari konsert zalida boʻlib oʻtgan „New wave“ tanlovida maxsus mehmon sifatida ishtirok etadi. In-Griddan tashqari, Roxett, Alla Pugachova, Eros Ramazzotti, Lisa Stansfield, Dmitriy Xvorostovskiy, Laima Vaykule va boshqalar ham tanlovning muhim mehmonlari boʻlishgan. Qoʻshiqchi tanlovda hakamlar hay’ati aʼzosi ham boʻlgan. Yana oʻsha yili Sopot festivalida ham ishtirok etadi.

2012-yilda qoʻshiqchi Edita Pyehaning „Nash sosed“ shlyagerining kaver versiyasi boʻlgan "La Trompette" trekini chiqaradi. Singl ikki: DJ Gary Caos va DJ Riko Bernasconi versiyalarida chiqqan.

2014-yilda „Beliye nochi Sankt-Peterburga“ („Sankt-Peterburgning oq tunlari“) xalqaro musiqa festivalida ishtirok etgan.

2018-yilda Bokuda boʻlib oʻtgan „Jara“ xalqaro musiqa festivalida ishtirok etadi.

2019-yilda Vitebskdagi „Slavyan bozori“ festivalining mehmoni boʻlgan.

Taʼlimi Xonanda PhD ilmiy darajasiga ega va italyan, fransuz, ingliz, nemis va rus tillarini biladi. Diskografiyasi Rendéz-Vous (2003) La Vie En Rose (2004) Voila! (2005) Passion (2009) Lounge Musique (2010)

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:11-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Italyan qoʻshiqchilar