The Breadwinner — multfilmi 2017-yilda Irlandiyalik Cartoon Saloon nomli animatsiya studiyasida Nora Twomey tomonidan ishlab chiqilgan. Multfilm Deborah Ellisning eng koʻp sotilgan romani asosida Kanada, Irlandiya Respublikasi va Lyuksemburg oʻrtasida xalqaro hamkorlikda ishlangan boʻlib, 2017-yil noyabr oyining oʻn yettinchi sanasida ayrim cheklovlar bilan ommaga taqdim etilgan. 2017-yil sentyabr oyida Toronto xalqaro kinofestivalida ushbu multfilmning butun jahon premyerasi boʻlib oʻtgan, unda The Breadwinner multfilmi „Eng yaxshi animatsion film“ mukofotini qoʻlga kiritgan.

Syujeti Multfilm voqealar rivoji 2001-yilda boʻlib oʻtgan. Oʻsha vaqtlarda Parvana ismli 11 yoshli qizaloq Tolibonning Afgʻoniston Islom Amirligi qoʻl ostidagi Kobul shahrida yashardi. Huddi shu davrda terrorga qarshi urush boshlanayotgan edi. Uning otasi Nurullah sobiq maktab oʻqituvchisi boʻlgan, ammo keyinchalik Sovet-Afgʻon urushida chap oyogʻini yoʻqotib savdogarlik bilan shugʻullana boshlagan. Bir kuni kechki ovqat vaqtida, tolibonlardan biri shavqatsiz Idrees Nurullohni bozorda narsa sotayotgan vaqtida o'zini haqorat qilganlikda ayblab qamoqqa olib ketadi. Parvananing oilasi shu voqeadan soʻng yashash uchun mablagʻsiz qolib ketishadi, sababi tolibonlar ayollarning erkak qarindoshisiz koʻchaga chiqishini taqiqlagan edi. Parvananing akasi Sulayman bir necha yil avval vafot etgan, uyda onasi Fattema, opasi Soraya va hali juda kichkina boʻlgan ukasi Zaki qolgan edi. Parvana va onasi otasining hibsga olinishi ustidan shikoyat qilgani qamoqxonaga bormoqchi boʻladi, ammo bir erkak koʻchaga mahramisiz chiqqani uchun uni ayovsiz kaltaklaydi va agar yana koʻchaga chiqsa qamoqqa olinishini aytib tahdid qiladi.

Keyinchalik Parvana oilasiga oziq-ovqat sotib olgani bozorga borganida savdogarlar tolibonlardan qoʻrqib unga narsa sotimaydi. Parvana oilasining bu holatiga chiday olmay, ularga yordam berish maqsadida sochlarini kesib, oʻgʻil bola koʻrinishiga kirib oladi va odamlarga oʻzini Nurullahning jiyani „Aatish“ deb tanishtiradi. Shundan soʻng Parvana ham ovqat, ham pul topishga qodir boʻladi. Oʻgʻil bola qiyofasiga kirib olgan yana bir yosh qiz Shauzianing maslahati bilan Parvana otasini koʻrish uchun qamoqxona qoʻriqchisiga pora bermoqchi boʻladi. Ammo qoʻriqchi uni haydab yuboradi, lekin koʻproq pul olib kelish uchun yana ishlaydi va Shauzia bilan ogʻir mehnatlarni qila boshlashadi. Shauzia aslida zoʻravon otasidan qochib ketish maqsadida pul yigʻish uchun harakat qilayotgan boʻladi. Bu orada Fattema Mozori-Sharifdagi qarindoshiga qizini unga turmushga berish sharti bilan boshpana berishini va himoya qilishini soʻrab maktub yozadi. Bir kuni Parvana Idreesning sobiq sherigi Razaqni uchratadi. Razaq savodsiz boʻladi va u Parvanaga xotinidan kelgan xatni oʻqib berishi uchun pul toʻlaydi, afsuski xatda Razaqning xotini yoʻlda jon bergani yozilgan edi. Ular doʻstlashishadi va ora-orada uchrashib turishadi, shu vaqt davomida Parvana Razaqqa oʻqish va yozishni ham oʻrgatadi.

Parvana va Shauzia koʻproq pul topish uchun ogʻir mehnat bilan shugʻullanadi, afsuski oʻsha yerda Idreesni ham uchratadi. Idrees Parvanani tanib qoladi va uni tutib bermoqchi boʻlganida Parvana uni tosh bilan jarohatlaydi. Parvana va Shauzia Idreesdan qochishga muvaffaq boʻladi. Parvana uyiga qaytganda onasi bu ishlarni toʻxtatishini oʻtinib soʻrab, ertaga qarindoshlari kelishini va Sorayani olib ketishlarini aytadi. Razaqning bir jiyani Nurullah yotgan qamoqxonada ishlashini bilgan Parvana otasiga oilasi bilan qayerga koʻchib ketayotganini aytish uchun qamoqxonaga borishga ahd qiladi. U 20 yildan keyin albatta koʻrishishlariga vaʼda berib, koʻzida yosh bilan Shauzia bilan xayrlashadi. Parvana qamoqxonaga boradi, urush sababli tez orada yoʻllar yopilib qolishini pesh qilib Fattemaning qarindoshi uni Parvanasiz ketishga majburlaydi. Ammo Fattema bunday qila olmaydi va jiyani uni yoʻlda tashlab ketadi.

Parvona qamoqxonaga kelib Razaqni topadi, lekin uning jiyani allaqachon urushga joʻnatilganini bilgan Razaq Parvanani nima qilib bo'lsa ham Nurullahning oldiga kiritishga vaʼda beradi. U qamoqxonaga kirganida, tolibonlar jang qila olmaydigan va zaif mahbuslarni qatl qilayotganligiga guvoh boʻladi. Razaq Nurullahni qutqarayotgan vaqtida yelkasidan oʻq yeydi, ammo ota va qizni uchrashtirishga muvaffaq boʻladi. Parvana otasini olib ketadi va qolgan oila aʼzolarini ham topib, Afgʻonistonni tark etishadi.

Suratga olinishi 2016-yilning may oyida multfilmni yaratish ishlari boshlangani eʼlon qilingan edi. The Breadwinner filmi Kanadadagi Aircraft pictures va Irlandiyadagi Cartoon Saloon kompaniyalarining qoʻshma hamkorligi asosida yaratilgan. The Breadwinner multfilmi Angelina Joliening proyuserligi va Nora Twomeyning rejissyorligi asosida romandan ekranlashtirilgan. Twomey Irlandiyalik animator, rejissyor, ssenariy muallifi, prodyuser va dublyaj ustasi hisoblanadi. Shuningdek, Irlandiyada joylashgan Cartoon Saloonning asoschisi va shu multfilmda asosiy animatsiyani ham Twomey bajargan. „Animatsiya bu juda katta narsa, shuning uchun ham u shunchaki bolalar ovunchogʻi boʻlishi kerak emas. Men yoshlar va kattalar ham bu multfilmni koʻrishini xohlayman. Bu film hech kimni yerga urish maqsadida chiqarilmagan“ deydi Nora Twomey. 2018-yilda Twomey oʻz intervyusida Parvana ovozini ijro etuvchi kanadalik aktyor Saara Chaudryni kastingda ishtirok etganini maʼlum qilgan va shunday ta'kidlagan: „ Chaudryda 11 yoshli aktyor uchun noyob isteʼdod bor“.Chaudryning shaxsiyati Parvananing xulq-atvorini shakllantirishda muhim rol oʻynagan. Shuningdek, Mimi Polk Gitlin feministik Thelma va Louise dramasining ijrochi prodyuseri sifatida ishtirok etgan. Twomey dublyaj jarayonidagi afgʻon shevasi va merosiga ham jiddiy eʼtibor qaratgan. Ssenariyni ishlab chiqish jarayonida ssenariy muallifi Anita Doron amerikalik-afgʻon rassomi Aman Mojadidi bilan afgʻon madaniyati va butun dunyo nuqtai nazarini muvozanatda ushlash uchun birgalikda ishlagan.

Filmning ilk namoyishiga maktab oʻquvchilari va ularning ota-onalari taklif qilingan, filmni tomosha qilish jarayonida ular hatto yigʻlab ham yuborgan.

Musiqasi Film musiqasi aka-uka Michael va Jeff Danna tomonidan yaratilgan. Ijrochilar orasida Afgʻoniston Milliy musiqa instituti tomonidan tashkil etilgan yosh qizlar xori ham borThe Danna Brothers Win Over Audiences With „The Breadwinner“ 18 December 2017, bmi.com, accessed 15 March 2019.

Daromadi Film Shimoliy Amerikadagi ochilish marosimida 17 395 dollar ishlab topgan. , AQSh va Kanadada The Breadwinner $313,381 foyda koʻrgan.

Tanqidiy javoblar Rotten Tomatoes saytiga koʻra film 105 ta sharh asosida 95% ijobiy reytingiga ega, oʻrtacha reytingi 7,90/10. Metacritic saytida film 20 nafar tanqidchining sharhlari asosida 100 balldan 78 ballga ega bo'lgan.

Kennet Turan Los Anjeles Times filmga ijobiy sharh bergan „…The Breadwinner yana bir bor bizga eng yaxshi animatsiya qanday boʻlishini eslatib oʻtdi“. Mark Kermode The Guardian gazetasida yozishicha filmga 5/5 yulduz bergan.

The Washington Post gazetasi muxbiri Vanessa X. Larson filmga 4 balldan 3.5 ball berib, filmdagi qahramonlarning tasviri va Kobulning madaniyati uchun maqtab ham qoʻygan.

Kanadalik ayollar tashkiloti direktorining oʻrinbosari Abdul Rahim Ahmad Parwani aytadiki, „Film tugagandan va chiroqlar qayta yoqilgandan keyin men koʻplab afgʻonlarning koʻzlarida yoshni koʻrdim. Men ham koʻz yoshlarimni toʻxtata olmadim“.

Maqtovlar Film Eng yaxshi animatsion film nominatsiyasida gʻolib boʻlgan, oʻnta Annie Award nominatsiyani qoʻlga kiritgan.

YutuqlariSanaKategoriyaQabul qilganlarNatijaManbalarAcademy Awards4-mart 2018-yilEng yaxshi animatsion filmNora Twomey va Antoniy Leo Annie Awards3-fevral 2018-yilEng yaxshi animatsion filmThe Breadwinner Animatsion filmdagi asar qahramoniReza Riahi, Louise Bagnall, Alice Dieudonné Animatsion filmga rejissiyorlik qilishNora Twomey Animatsion filmdagi qoʻshiqMychael Danna, Jeff Danna Animatision film dizayniCiaran Duffiy, Juliyen Regnard, Daby Zaynab Faidhi Animatsion filmda grafik dizaynerlikJulien Regnard Animatsion filmda dublyajSaara Chaudry Laara Sadiq Animatsion film ssenariysiAnita Doron Kanada ekrani mukofoti2018-yil 11-martEng yaxshi rasmAndrew Rosen, Anthony Leo, Paul Young, Tomm Moore, Stéphan Roelants Eng yaxshi ssenariyAnita Doron Eng zoʻr tahrirDarragh Byrne Eng yaxshi dublyaj ishiNelson Ferreira, John Elliot, J. R. Fountain, Dashen Naidoo, Tyler Whitham Eng yaxshi original darajaMychael Danna, Jeff Danna Eng yaxshi original qoʻshiqThe Crown Sleeps, Qais Essar va Joshua Hill Cinema for Peace Awards2018-yilCinema for Peace Award for JusticeNora Twomey Critics' Choice Movie Awards11-yanvar 2018-yilEng yaxshi animatsion filmThe Breadwinner Oltin Globus mukofoti7-yanvar 2018-yilEng yaxshi animatsion filmThe Breadwinner Golden Tomato mukofoti3-yanvar 2018-yilEng yaxshi animatsion film (2017)The Breadwinner Irlandiya animatsiyasi mukofoti23-mart 2019-yilEng yaxshi Irlandiya filmiThe Breadwinner Los Anjles filmlar tanqidi assotsiatsiyasi13-yanvar 2018-yilEng yaxshi animatsion filmThe Breadwinner Vashington filmlar tanqidi assotsiatsiyasi8-dekabr 2017-yilEng yaxshi animatsion filmThe Breadwinner

Manbalar

Turkum:Irlandiya animatsion filmlari Turkum:2017-yil filmlari