AFC Chaqiruv Ligasi (ilgari AFC Prezidenti kubogi nomi bilan atalgan) har yili Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan tashkil etiladigan qitʼa klublari futbol musobaqasidir. Musobaqa AFC klublari musobaqalari reytingi asosida yuqori toifadagi AFC Chempionlar ligasi elitasi yoki ikkinchi darajali OChL 2 uchun toʻgʻridan-toʻgʻri saralash yoʻllanmalarini olmagan davlatlar klublari oʻrtasida oʻtkaziladi.

Tarix + Chempionlar Mavsum Gʻolib AFC prezidenti kubogi 2005 Regar TadAZ 2006 Dordoy-Dinamo 2007 Dordoy-Dinamo 2008 Regar TadAZ 2009 Regar TadAZ 2010 Yadanarbon 2011 Taipower 2012 Istiqlol Dushanbe 2013 Nebitçi FT 2014 HTTU Asgabat AFC Chaqiruv Ligasi 2024–25 AFC Prezidenti kubogi 2005-yilda uchinchi darajali musobaqa sifatida tashkil etilgan boʻlib, quyi reytingdagi AFCga aʼzo davlatlar klublari qitʼa musobaqalarida ishtirok etishlari mumkin edi.

2013-yil 25-noyabr kuni AFC musobaqalar qoʻmitasi 2014-yilni musobaqaning soʻnggi mavsumi boʻlishini taklif qildi. 2015-yildan boshlab rivojlanayotgan mamlakatlar ligasi chempionlari AFC kubogi saralash pley-off bosqichidan qatnashish huquqiga ega edi.

2014-yilgi turning oxirgi mavsumida Ashxobodning HTTU jamoasi Shimoliy Koreyaning Rimyongsu jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etdi va turnirda gʻolib boʻlgan Turkmanistonning ikkinchi jamoasi boʻlgan.

2022-yil 23-dekabrda AFC musobaqalar oʻtkazish tuzilmasi 2024/2025-yilgi mavsumdan boshlab belgilangan oʻzgarishlarni eʼlon qilgan. Yangi oʻzgarishlarda AFC Chaqiruv Ligasi deb nomlangan yangi uchinchi bosqich turniri joriy qilinadi va AFC Prezidenti kubogi kabi boʻlishi maʼlum qilingan.

2024-yil 24-may kuni AFC avvalgi klub musobaqalarining rekordlari va statistikasi tan olinishi va yangilangan klub musobaqalari doirasida birlashtirilishini, AFC Prezidenti kubogi maʼlumotlari AFC Chaqiruv ligasiga oʻtkazilishini eʼlon qilingan.

Musobaqa formati thumb|AFC Prezidentlar kubogi kubogiMusobaqa uchun saralash dastlab AFCga qarashli mamlakatlarning Vision Asia hujjatida koʻrsatilganidek, AFCning rivojlanayotgan davlatlar toifasiga kiruvchi klublari uchun edi.

Musobaqaning har bir mavsumida 8 tadan 12 tagacha jamoalar ishtirok etgan. 2005-yildan 2007-yilgacha 8 ta klub 4 tadan, ikkita guruhga boʻlingan. Gʻolib va ​​ikkinchi oʻrin egalari yarim final bosqichiga yoʻl olishgan. Barcha oʻyinlar bitta mezbon davlatda oʻtkazilgan.

2008-yildan 2010-yilgacha boʻlgan davrda turnir ishtirokchilari 11 ta klubga koʻpaytirilgan. Saralash bosqichi tashkil etilgan va 11 ta klub 3 yoki 4 klubdan iborat 3 guruhga boʻlingan. Har bir guruh boshqa mamlakatda oʻynadi. Uchta guruh gʻolibi va eng yaxshi ikkinchi oʻrin sohibi boshqa mamlakatda boʻlib oʻtadigan final bosqichiga yoʻllanma olgan.

2011-yildan 2014-yilgacha turnir ishtirokchi jamoalari 12 ta klubga koʻpaytirilgan. Saralash bosqichida 4 ta klubdan iborat 3 ta guruh ishtirok etgan. Guruh gʻoliblari va ikkinchi oʻrin egalari final bosqichiga yoʻllanma olgan. Final bosiqchidagi 6 ta klub 3 tadan ikkita guruhga boʻlingan. Har bir guruhning eng yaxshi jamoalari toʻgʻridan-toʻgʻri finalga yoʻllanma olgan.

2013-yilning noyabr oyida AFC 2014-yilgi AFC Prezidenti kubogi musobaqaning soʻnggi turi boʻlishini eʼlon qilgan. 2015-yildan boshlab „rivojlanayotgan mamlakatlar“ ligasi chempionlari AFC kubogi saralash pley-off bosqichidan qatnashish huquqiga ega edi. AFC Prezidenti kubogiga oʻxshash formatdagi (yakuniy bosqichsiz) 2016-yilgi AFC kubogi uchun saralash bosqichi 2015-yil avgust oyida boʻlib oʻtdi va ikki klub AFC kubogi pley-off bosqichiga yoʻllanma olgan.

2024-yildagi rebrenddan soʻng, yangi format ilk mavsum uchun toʻrt guruhga boʻlingan 17 ishtirokchi klubni oʻz ichiga olishi maʼlum qilingan. Klublar yagona davlatda markazlashtirilgan formatda raqobatlashadilar. Guruh bosqichidagi eng yaxshi sakkizta jamoa chorak finalga yoʻllanma oladi. Chorak va nimchorak final oʻyinlari ikki oʻyindan iborat boʻlib, chempionni aniqlaydigan final baxsi esa bir oʻyin orqali aniqlanadi.

Mukofot puli 2024–2025-yilgi mavsumdan boshlab mukofot pullari quyidagicha taqsimlanadi: BosqichJamoalarAmountHar bir jamoa uchunJamiFinal (chempion)1$1m$1,000,000Final (ikkinchi oʻrin)1$500k$500,000Yarim final4$120k$480,000Chorak final8$80k$640,000Guruh bosqichi20$100k$2,000,000Jami20$4,620,000

Statistika va rekordlar

Natijalar YilMezbonFinalMagʻlub yarim finalchilarGʻolibHisobIkkinchi oʻrinAFC prezidenti kubogi2005 TafsilotlarNepalRegar TadAZ3–0Dordoy-Dinamo Blue Star SC Three Star Club2006 TafsilotlarMalayziyaDordoy-Dinamo2–1Xatlon Khemara Tatung2007 TafsilotlarPokistonDordoy-Dinamo2–1Mahendra Police Club Ratnam Sports Club Regar TadAZ2008 TafsilotlarQirgʻizistonRegar TadAZ1–1 4–3 Dordoy-Dinamo FC Aşgabat Mahendra Police Club2009 TafsilotlarTojikistonRegar TadAZ2–0Dordoy-Dinamo FC Aşgabat WAPDA2010 TafsilotlarMyanmaYadanarbon1–0Dordoy-Dinamo HTTU Aşgabat Xatlon2011 TafsilotlarTayvanTaiwan Power Company3–2Phnom Penh Crown—2012 TafsilotlarTojikistonIstiqlol Dushanbe2–1Markaz Shabab Al-Am'ari—2013 TafsilotlarMalayziyaNebitçi FT1–0KRL—2014 TafsilotlarShri LankaHTTU Asgabat2–1Rimyongsu—AFC Chaqiruv Ligasi2024–2025 Tafsilotlar

Musobaqa gʻoliblari thumb|"Regar TadAZ" futbol klubi 2009-yilgi AFCPrezidenti kubogini qoʻlga kiritganidan soʻng, oʻz maydonida Tojikistonning Tursunzoda shahridagi „Metallurg“ stadionida bayram oʻtkazmoqda.

Klublar boʻyicha natijalar KlublarGʻolibIkkinchi oʻrinGʻoliblik yillarMaʼlub boʻlgan yillar Regar TadAZ302005, 2008, 2009 Dordoy Bishkek242006, 20072005, 2008, 2009, 2010 Yadanarbon FC102010 Taiwan Power Company102011 Istiqlol Dushanbe102012 Nebitçi102013 Ýedigen102014 Xatlon012006 Nepal Police Club012007 Phnom Penh Crown012011 Markaz Shabab Al-Am'ari012012 KRL012013 Rimyongsu012014

Mamlakatlar boʻyicha natijalar №MamlakatGʻolibIkkinchi oʻrin1412243204101060101010101

Gʻolib murabbiylar MurabbiylarKlubChempion boʻlgan mavsumlar Makhmadjon Khabibulloev Regar TadAZ2005, 2008, 2009 Boris Podkorytov Dordoy Bishkek2006, 2007 U Zaw Lay Aung Yadanarbon FC2010 Nikola Kavazović Istiqlol Dushanbe2012 Chen Kuei-jen Taiwan Power Company2011 Rahym Kurbanmämmedow Nebitchi2013 Begench Garayev HTTU Aşgabat2014

Mukofotlar

Mavsumlar boʻyicha toʻpurarlar MavsumFutbolchiGollar2005 Dudley Steinwall Hok Sochetra

Khurshed Mahmudov

Dzhomikhon Mukhidinov42006 Chuang Yao-tsung Roman Kornilov52007 Channa Ediri Bandanage62008 Thi Ha Kyaw62009 Soe Min Oo62010 Rustam Usmonov52011 Ho Ming-tsan62012 Mirlan Murzaev82013 Mirlan Murzaev92014 Suleyman Muhadow11

Eng yaxshi futbolchilar MavsumFutbolchiKlub2005 - -2006 - -2007 Valery KashubaDordoy Bishkek2008 - -2009 Khurshed MahmudovRegar-TadAZ2010 Mirlan MurzaevDordoy Bishkek2011 Chen Po-liangTaipower2012 Alisher TuychievIstiqlol2013 Amir GurbaniBalkan2014 Suleyman MuhadowHTTU Asgabat

Eng yaxshi toʻpurarlar №FutbolchiKlub (lar)Gollar1 Mirlan MurzaevDordoy Bishkek192 David TettehDordoy Bishkek123 Khurshed MakhmudovRegar-TadAZ11 Suleyman MuhadowHTTU5 Amir GurbaniAşgabat Balkan10 Channa Ediri BandanageRatnam Ibrahim RabimovRegar-TadAZ Istiqlol Dushanbe8 Kaleemullah KhanKRL99 Arslonmurat AmanovAşgabat HTTU8 Yan PaingYadanarbon Ju Manu RaiNepal Police Club

Yana qarang

Osiyo Chempionlar ligasi AFC ikkinchi chempionlar ligasi

Manbalar

Havolalar

AFC Chaqiruv Ligasi AFC Presidentʼs Cup – RSSSF

Turkum:AFC Chaqiruv Ligasi Turkum:Osiyo Futbol Konfederatsiyasi klublari musobaqalari Turkum:2005-yilda Osiyoda tashkil etilganlar