Enola Holmes 2 – 2022-yilda suratga olingan detektiv film. 2020-yilda namoyish etilgan Enola Holmes filmining davomi hisoblanadi. Film Nancy Springerning Enola Holmes sirlari kitobi asosida yozilgan, ssenariy muallifi Jack Thorne. Filmga Harry Bradbeer rejissyorlik qilgan.

Suratga olish ishlari 2021-yilning kuz faslida boshlanib, 2022-yilning yanvar oyida yakunlangan. Enola Holmes 2 2022-yil 4-noyabrda Netflix tomonidan ekranlarda namoyish etilgan. Film tanqidchilarning ijobiy baholarini olgan va 93 mamlakatda Netflix tomoshabinlarning reytingida birinchi oʻrinni egallagan.

Syujeti Enola oʻzining detektivlik agentligini ochadi, lekin mashhur detektiv akasi Sherlock Holmesdan farqli oʻlaroq, mijozlarni topishda qiyinchiliklarga uchraydi. Bessie ismli zavodda ishlovchi qiz Enoladan yoʻqolgan opasi Sarah Chapmanni topishga yordam berishini soʻraydi. Bessie Enolani oʻlik tif epidemiyasini boshdan kechirayotgan gugurt zavodiga olib boradi va opa-singillar bilan birga ishlagan Mae bilan uchrashadi. Enola Maeni Paragon teatriga kuzatib boradi, u yerda Mae va Sarah raqqosa sifatida ishlar edi. U Sarahning yashirin sevgilisi yozgan xatni topadi. Enola topib olgan xat uni Whitechapel uyga olib boradigan deb xulosa qiladi. U yerda Enola Maeni pichoqlangan holda topadi.

Rollarda

Ishlab chiqarilishi 2020-yil sentyabr oyida prodyuser Millie Bobby Brown va rejissyor Harry Bradbeer Enola Holmesning davomini ishlab chiqishni taklif qildi.

2021-yil aprel oyida Enola Holmes 2 ishlab chiqilayotgani, Brown va Cavill Enola Holmes va Sherlock Holmes rollarini takrorlashlari haqida xabar berilgan edi. Sam Claflin boshqa rejalari tufayli Mycroft Holmes roliga qayta olinmadi, bu Bradbeer va jamoaning qaygʻusiga sabab boʻldi, ammo Mycroftning yoʻqligi ularga Sherlockga koʻproq eʼtibor qaratishga imkon berdi. 2021-yilning may oyida loyiha Netflix tomonidan rasman tasdiqlandi. Xabarlarga koʻra, Brownning roli uchun unga 10 million dollar toʻlangan, bu film chiqqandan keyin 20 yoshgacha boʻlgan aktyor uchun eng yuqori maoshga aylandi.

Ishlab chiqarish va suratga olish ishlari 2021-yilning kuzida boshlangan. Sahnalar 2021-yil oktyabr oyida Hullda suratga olingan. Suratga olish 2022-yil 7-yanvarda yakunlangan.

Qabul qilinishi

Tomoshalar Enola Holmes 2 debyuti Netflixning haftalik tomoshabinlar soni boʻyicha 1-oʻrinni egalladi va bu 93 mamlakatda 64,08 million soat tomosha qilindi degani. Keyingi haftada esa film 62,860 million soat bilan birinchi oʻrinda qolgan.

Tanqidlar Ushbu fim 26 ta tanqidlarga asosan 100 balldan 64 ballga loyiq koʻrilgan.

Maqtovlar Millie Bobby Brown 2023-yilgi Kids' Choice Awards marosimida „Sevimli kino aktrisasi“ mukofotini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Consolata Boyle 19-Irlandiya kino va televideniesi mukofotlarida „Eng yaxshi kostyum dizayni“ nominatsiyasida gʻolib chiqqan.

Kelajakdagi rejalar 2023-yilning noyabr oyida Netflix Enola Holmesning uchinchi filmi uchun ssenariy tayyorlanayotganini maʼlum qildi. Netflix Films direktori Scott Stuberning aytishicha, strimer oʻzining „mahalliy yulduzi“ Millie Bobby Brown bilan juda faxrlanadi va ular Enolaning hikoyasini aytib berishda davom etishdan xursandlar.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Netflix original filmlari Turkum:AQSh detektiv filmlari Turkum:2020-yilgi Britaniya filmlari Turkum:2020-yilgi Amerika filmlari Turkum:2022-yil filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar