Viktoriya Petrovna Dayneko (1987-yil 12-may, Kirovsk, Taldiqoʻrgʻan viloyati, Qozogʻiston SSR) — rossiyalik qoʻshiqchi va aktrisa. „Fabrika zvyozd-5“ (2004) va „Fabrika zvyozd. Vozvrashcheniye“(2011) gʻolibi, Qorachoy-Cherkesiya respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (2015). Hayoti Viktoriya Dayneko 1987-yil 12-mayda Taldiqoʻrgʻon viloyati, Kirovsk qishlogʻida tugʻilgan.
Viktoriyaning bolaligi Saxa, Mirniy shahrida oʻtgan. Bolaligidan estrada qoʻshiqchisi boʻlishni orzu qilgan, ammo kattalar uning istagini jiddiy qabul qilishmagan. Ota-onasi Piter va Yevgeniya Daynekolar dasturchi boʻlishgan boʻlib, qizini „Almazi Yakutii“ baletiga berishgan, Viktoriya 11 yoshigacha raqs bilan shugʻullangan. Maktab yillarida Mirniydagi turli musiqa sahnalarida, asosan, boshqa qoʻshiqchilarning xitlarini kuylab chiqqa boshlagan. Bu orqali tanila boshlaganidan keyin Viktoriyani dastlab mahalliy „Otrajeniye“ estrada guruhiga, keyinroq esa „Faeton“ deb nomlangan guruhga taklif qilishadi. Maktabda oʻqib yurgan yillarida ingliz tilini oʻrgangan va Moskva aviatsiya institutining chet tillari fakultetiga oʻqishga kirgan. 17 yoshida Moskvaga oʻqish uchun keladi, Moskva aviatsiya institutiga oʻqishga kirib, „Fabrika zvyozd-5“ musiqiy shousining ishtirokchisiga aylangunicha institutda bir necha oy tahsil oladi.
Faoliyati 2004-yilda 17 yoshida qoʻshiqchi Alla Pugachova boshchiligidagi Birinchi kanalning „Fabrika zvyozd-5“ televizion loyihasining ishtirokchisiga aylandi, loyiha gʻalaba qozonib, mukofot sifatida Moskvadan kvartira olgan. Televizion loyiha doirasida ikkita „Ya budu luchshe“ (O. Volyando musiqasi, K. Arsenyev soʻzi) va „Leyla“ (I. Matvienko musiqasi, I. Matviyenko, Y. Bujilova soʻzi) qoʻshiqlarini ijro etgan. Aleksandr Marshal bilan birga ijro etgan „Snilos mne“ (A. Marshal musiqasi, K. Kavaleryan soʻzi) qoʻshigʻi uchun videoklip suratga oladi .
Televizion loyiha tugagandan soʻng, Igor Matviyenko bilan ishlay boshlaydi. Xonandaning „Leyla“ qoʻshigʻining debyut klipi (I. Matvienko musiqasi, Y. Bujilova soʻzi) 2005-yilda Tailandda suratga olingan. Shundan keyin Dayneko yangi qoʻshiqlari va yangi videokliplari chiqa boshlaydi. Shu bilan birga, Daynekoning hayoti matbuotda tez-tez muhokama qilingan, yaʼni 2006-yilda „Korni“ guruhining yetakchi qoʻshiqchisi Pavel Artemyev bilan ishqiy munosabatda boʻlgan. Ammo munosbatlar qisqa boʻladi, ammo bu Daynekoning „Ya prosto srazu ot tebya uydu“ qoʻshigʻining yaralashiga sabab boʻlagan. Qoʻshiqning videoklipi syujeti (I. Matvienko musiqasi, O. Rovnaya soʻzi), rejissyor Viktor Priduvalov tomonidan yaratilgan boʻlib, „Korni“ guruhining „Xochesh, ya tebya spoyu“ xit qoʻshigʻining klipi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan.
2007-yil boshida Viktoriya „Film ne o lyubvi“ filmiga „V ojidanii chuda“ (I. Matvienko musiqasi, O. Rovnaya soʻzi) saundtrekini yozadi. Filmni suratga olish bilan bir qatorda ushbu qoʻshiq uchun ham videoklip suratga olingan. 2007-yil kuzida Viktoriya MTV Russia Music Awards marosimida „Eng yaxshi ijrochi“ nominatsiyasida MakSimga yutqazadi. Shuningdek, Fashion TV telekanalining „2007-yilgi moda qoʻshiqchisi“ nominatsiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
Oʻsha yilning boshida Viktoriya Playboy jurnalining aprel sonida suratga tushgan, keyinroq Stansii 2.0 radiokanalining jonli efirdagi suhbatida bundan afsusda ekanligini bildirganZapis efira ot 21.06 2010.. Ammo tez orada Viktoriya oʻzi va butun oilasi fotosessiyadan mamnun ekanligini aytadi.
Shuningdek, 2007-yilda Aleksey Yagudin bilan „Lednikoviy period“ loyihasida ishtirok etib, loyihaning finaliga chiqqan. Loyiha bilan bir vaqtda „Igolka“ (I. Matvienko musiqasi, O. Rovnaya soʻzi) qoʻshigʻi uchun videoklip suratga olgan. 2007-yilda Dayneko „Schastlivi vmeste“ teleserialida epizod rolda oʻynaydi, yana, „Noah’s Ark“ multfilmida bosh qahramon Pantiga ovoz beradi.
2008-yil 6 martda „Igolka“ debyut albomi chiqqan, bu qoʻshiqchining oʻziga xos „xitlari toʻplami“ga aylanadi, chunki bu uch yillik faoliyatidagi birinchi albom boʻlgandi.
2008-yil qishda Aleksey Yagudin bilan birga „Kim millioner boʻlishni xohlaydi?“ televizion oʻyinida ishtirok etadi. 2009-yil bahorida Birinchi kanalning „Dve zvezdi 2009“ loyihasida ishtirok etib, unda aktyor Aleksandr Oleshko bilan birgalikda 3-oʻrinni egallaydi.
2010-yil oxirida „Rapunzel“ multfilmining bosh qahramoniga ovoz beradi.
2011-yilda „Fabrika zvyozd. Vozvrashcheniye“ loyihasida ishtirok etadi. Unda loyihaning turli yillardagi ishtirokchilari oʻzaro bellashishadi. Dayneko prodyuser Igor Matvienko jamoasining tarkibida boʻlgan. Loyihada Dayneko gʻolib boʻladi, unga loyihada ishtirok etgan tomoshabinlarning 19 foizi ovoz bergan. thumb| Dayneko Aliye parusa festivalida (2018-yil) 2014-yil 12-mayda „Bey sebya“ qoʻshigʻi videoklipining premyerasi boʻlib oʻtadi. 2014-yil 25-noyabrda „V“ deb nomlangan birinchi ingliz tilidagi albomining premyerasi boʻlib oʻtgan.
2015-yil may oyida „Qorachoy-Cherkesiyada xizmat koʻrsatgan artist“ unvoniga sazovor boʻladi.
2015-yil noyabr oyida „Eti nochi“ qoʻshigʻi chiqadi, 2016-yil yanvar oyida ushbu qoʻshiq uchun videoklip suratga olinadi.
2016-yil noyabr oyida „Trollar“ multfilmidagi qahramonlardan biriga Dayneko ovoz beradi.
2019-yil 1-fevralda yangi „Magnitniye“ albomi chiqqan.
2021-yilgi Davlat Dumasi saylovlarida „Zelyonaya alternativa“ partiyasining saylovoldi jarayonini boshqargan.
2022-yil kuzida Ukrainadagi urushda Rossiyani qoʻllab-quvvatlagan rus estrada yulduzlari bilan birga „Vstanem“ qoʻshigʻini yozishda va videoklipini suratga olishda ishtirok etadi.
2023-yilda Birinchi kanaldagi "Tri akkorda "shousining yettinchi mavsum ishtirokchisi boʻlgan.
2023-yilda NTV telekanalidagi „Maska“ shousining 4-mavsumida Feniks obrazida ishtirok etadi. 2023-yil 19-martda namoyish etilgan oltinchi epizodda Feniksning niqobi ochiladi.
2024-yil fevral oyidan Radio Gordost ovozlaridan biri.
Shaxsiy hayoti "Korni" guruhining yetakchi qoʻshiqchisi Pavel Artemyev bilan munosabatlari tugagandan keyin Viktoriya ushbu guruhning yana bir vakili, qoʻshiqchi Dmitriy Pakulichev bilan uchrashadi. Ularning munosabatlari ajralish bilan yakunlanadi. 2011-yil yozining oxirida Aleksey Vorobyov bilan uchrashishni boshladi, munosabatlari 2012-yil maygacha davom etgan.
2014-yil oktyabr oyidan boshlab DrumCast guruhining barabanchisi Dmitriy Kleyman bilan uchrasha boshlagan va 2015-yil 14-aprelda unga turmushga chiqadi 2015-yil 3-oktyabrda ularning Lidiya ismli qizi tugʻiladi. 2017-yilda Dayneko va Kleyman ajrashishadi.
Diskografiyasi
2008 — „Igolka“ 2014 — " V " 2018 — „Smayli“ 2019 — „Magnitniye“ 2021 — „Ya — zima“ (EP)
Video kliplari YilKlipRejissyorAlbom2004„Snilos mne“ (Aleksandrom Marshal bilan birga)Marat Adelshin 2005LeylaDmitriy Zaxarov„Igolka„2006„Ya prosto srazu ot tebya uydu“Viktor Priduvalov2007„Film ne o lyubvi“ (OST V ojidanii chuda)Yevgeniy Bedaryov„Igolka“ (Alekseem Yagudin bilan birga)Marat Adelshin„Ya budu jit“ (OST Noyev kovcheg)Viktor Priduvalov2008„Stop, kuda je ya idu“„Glaza v glaza“ (Korni guruhi bilan birga) (OST Tarif novogodniy)Yevgeniy Bedaryovbez alboma2009„Klyaksa“Oksana Shkvornikova„Smayli“„Moy angel (Remiks)“ (OST Nasha Masha i Volshebniy orex)Maksim Kuderovalbomsiz2011„Sotri ego iz memory“Vladimir Yakimenko„Devushka na million“Konstantin Cherepkov2012„Blije, chem tango“ „Mirror, mirror“/„Mira malo“ (T-killah bilan birga)Xindrek Maasik2013„Dishi“Marat Adelshin2014„Bey sebya“„Smayli“2015„Jit vdvoyom“Mariya Yefremovaalbomsiz2016„Eti nochi“Andrey Tomashevskiy2018„S Novim godom, moy LCh“ (Alekseem Vorobyov bilan birga)Aleksey Vorobyov2019„Tvoya devochka“Grigoriy Shmakov„Magnitniye“2021„Yesli bi znal ti“Igor Rudnik„Devochka ne plach“
Filmografiyasi Yil Ism Rol 2006 Klub Kameo 2007 Schastlivi vmeste Kameo Perviy doma Kameo Nuh kemasi Pantera Panti (dublyaj) 2010 Rapunzel Rapunzel (dublyaj) 2011 Vsyo vklyucheno! Vika 2012 Zolushka Kameo 2016 Trollar (multfilm) Rozeta (dublyaj) 2018 Ralph internetga qarshi Rapunzel (dublyaj) 2018 Ulyotniy ekipaj Natasha 2020 Trollar: Dunyo boʻylab ijodiy safar Rozeta (dublyaj)
Mukofotlari YilMukofotNominatsiyaNomzod ishiNatija2004Fabrika Zvyozd-5. Alla PugachovaViktoriya DaynekoNoviye pesni o glavnomDiplom "Leyla"2005"Ya budu luchshe"MTV Russia Music AwardsEng yaxshi debyutViktoriya Dayneko2006ZD AwardsYil yakkaxoniZolotoy grammofon„Zolotoy grammofon“ haykalchasiYa prosto srazu ot tebya uyduNoviye pesni o glavnomDiplom 2007MTV Russia Music AwardsEng yaxshi ijrochiViktoriya Dayneko„Yil qoʻshigʻi“Laureat Film ne o lyubviZolotoy grammofon„Zolotoy grammofon“ haykalchasi2008„Yil qoʻshigʻi“Laureat „Stop, kuda je ya idu“„Zolotoy grammofon“„Zolotoy grammofon“ haykalchasiMoy admiral (Lyube bilan birga)2009„Premiya Muz-TV“„Eng yaxshi saundtrek“Eng yaxshi ijrochiViktoriya Dayneko2010Russkiy TopYilning eng yaxshi qoʻshiqchisi2011Fabrika Zvyozd-8. VozvrashcheniyeFashion People Awards„Fashion pesnya“Sotri ego iz MemoryPremiya RU.TVEng yaxshi rington„Yil qoʻshigʻi“Laureat „Zolotoy grammofon“„Zolotoy grammofon“ haykalchasi„Krasnaya zvezda“Eng yaxshi qoʻshiqRadio Potok2011-yilning eng yaxshi qoʻshiqlari2012Rossiya Federatsiyasi prezidentining tashakkurnomasi„Den semyi, lyubvi i vernosti“ bayramini tashkil etish va undagi ishtiroki uchunRossiya Federatsiyasi prezidentining tashakkurnomasiLove Radio AwardsYil duetiT-killah va Viktoriya DaynekoRusskiy TopYilning eng yaxshi qoʻshiqchisiViktoriya Dayneko2013„Realnaya premiya MusicBox“„Zolotoy grammofon“„Zolotoy grammofon“ haykalchasiDishi„Krasnaya zvezda“Eng yaxshi qoʻshiq2014Love Radio AwardsEng yaxshi milliy qoʻshiqchiViktoriya DaynekoRusskiy TopYilning eng yaxshi qoʻshiqchisiYilning eng yaxshi musiqiy albomiV2015„Qorachoy-Cherkesiya respublikasida xizmat koʻrsatgan artist“ Madaniyat sohasidagi koʻp yillik mehnatlari uchun„Qorachoy-Cherkesiya respublikasida xizmat koʻrsatgan artist“ unvoniPremiya Muz-TVChet tilidagi eng yaxshi qoʻshiqR. E.D.Premiya RU.TVEng seksual videoBey sebya2016„Zolotoy grammofon“„Zolotoy grammofon“ haykalchasi"Jit vdvoyom"„Russkiy Top“Yilning eng yaxshi qoʻshiqchisiViktoriya Dayneko“Premiya RU.TV“Yil onasiYil nikohiViktoriya Dayneko va Dmitriy Kleyman
Sanksiyalarga tushishi 2022-yilda Ukrainaga hujumni qoʻllab-quvvatlash uchun „Za Rossiyu“ vatanparvarlik marafonida ishtirok etadi. Shundan keyin Dayneko Ukrainaga qarshi urushni qoʻllab-quvvatlashdagi konsertlarda ishtirok etgani uchun unga qarshi xalqaro sanktsiyalar qoʻllash taklifi bilan FBKning korrupsionerlar va urush qoʻzgʻatuvchilari roʻyxatiga kiritiladi.
2022-yil mart oyining oxirida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi fonida Latviya tomonidan bosqinni qoʻllab-quvvatlagani va rus tajovuzini oqlagani uchun Daynekoga mamlakatga kirishni taqiqlandi.
2023-yil 7-yanvarda Viktoriya „Vladimir Putinning urush mitingi ishtirokchisi“ sifatida Ukrainaning sanksiyalar roʻyxatiga kiritilgan.
2023-yil 3-fevralda Rossiya dezinformatsiyasi va tashviqotini tarqatishda ishtirok etgani uchun „Rossiya dezinformatsion agentlari“ sifatida Kanadaning sanksiyalar roʻyxatiga qoʻshildi.
2023-yil iyun oyi oʻrtalarida Ukrainaning „Leopard“ tanklari yoʻq qilgan Rossiya harbiylari va fuqarolariga shaxsiy mablagʻlari hisobidan mukofot toʻlash taklifini qoʻllab-quvvatlaydi va unga qoʻshiladi.
Manbalar
Turkum:Rossiyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Rossiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:12-mayda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar